Psixologiya



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə90/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119
Psixologiya

NUTQ VA TAFAKKUR

Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Odam nutq bo‘lmasa,


til vositalari bo‘lmasa fikr qilolmaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, nutq
fikrlash qurolidir. Tafakkur boim asa nutq til bo‘lishi ham mumkin
emas. Fanga xilof bo'lgan burjua idealistik ta’limot uchun xarakterli narsa
shuki, u tafakkurni nutqdan, til shakllaridan ajratib qo‘yadi. Masalan,
psixologlarning Vyursburg maktabi deb atalgan idealistik psixologiya namoyandalari (Byuller, Messer, Kyulpe, Ax va boshqalar) odamdagi tafakkur
jarayonlari obrazlardan — idroklar va tasawurlardan mustaqil ravishda,
shuningdek, nutq tildan mustaqil ravishda sodir bo‘ladi, deb isbot qilmoq
uchun, buni hatto tajriba qilib ko‘rsatishga ham urinib ko‘rdilar.
Obrazlardan va nutqdan mustaqil mana shunday «sof» tafakkur bo‘lishi
mumkin, degan idealistik ta’limot butunlay asossiz ta’limotdir. Tafakkur
idrok va tasawurlardan mustaqil sur’atda o‘sa olmaydi. Nutq bo‘lmasa,
tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib
bo‘lmaydi.
Bizning hukmlarimiz, mantiqiy ta’riflarimiz, xulosalarimiz til materiallari va gaplar yordami bilan ifodalanadi. Til materiallari va gaplar vositasi
bilan analiz va sintez qilinadi, abstraksiya qilinadi va umumiylashtiriladi.
Til materiallari bo‘lmasa, biz hatto eng oddiy hukmni ham o‘zimiz
uchun ifodalay ololmaymiz — biz shu onning o‘zida idrok qilib turgan
buyumlar to‘g‘risida ham biror nimani tasdiq qilib yoki inkor qilib aytol-
maymiz. Biz so‘zlar bo‘lmasa, bitta ham tushunchani fikrimizga joylashtira
olmaymiz.
Faqat til yordami bilangina odamlar bir-birlariga o‘z fikrlarini ayta
oladilar. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan aloqa bog’laganlarida,
tafakkur natijalarini va o‘tmish ajdodlaming bilish sohasida erishgan
muvaffaqiyatlarini til yordami bilan o‘zlashtirib oladilar va ayni vaqtda
o‘z fikrlarini va bilimlarini avlodlariga topshiradilar.
Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami bilan
bo‘ladigan nutq aloqalarida o‘sdi — tafakkurning mantiqiy shakllari ishlab
chiqildi.
Har bir kishining tafakkuri lining butun umri davomida til yordami
bilan bo‘ladigan nutq aloqalari jarayonida o‘sib boradi.
Lekin biz tafakkur, nutq va tU bir-biriga chambarchas bog‘langan deganimizda shuni ham nazarda tutishimiz kerakki, nutq bilan tafakkur aynan
bir narsa emas, nutq bilan tafakkurni, fikr bilan tilni bir-biriga aynan teng
deyish yaramaydi. Biz ba’zi burjua psixologlarining tafakkur bilan nutq
aynan bir narsa, deb da’vo qiluvchi soxta ta’limotini qat’iyan rad qilishimiz
lozim.
Amerika psixologiyasi deb atalgan oqimining namoyandalari bo‘lgan
bixevioristlar nutq bilan tafakkur bir-biriga aynan teng bir narsa degan
mana shunday mexanistik ta’limotni, fanga butunlay xilofbo‘lgan ta’limotni
targ‘ib qilishga, ayniqsa, zo‘r berib urindilar.
Ularning ta’limotiga ko‘ra, tafakkur nutqdan iborat bo‘ladi. Faqat
nutqning o'zigina real mavjuddir. Tafakkur esa u ham o‘zi bir nutqdir,
lekin tovushsiz yoki tormozlantirilgan nutqidir. Bixevioristlarning
ta ’limotiga ko‘ra, nutq nerv-muskul harakatlaridan tarkib topadi, u
alohida ko‘nikmalardan iboratdir, demak, tafakkur ham faqat mana
shu malakalardan iborat bo‘lishi lozim. Shu ta’limotga qaraganda, biz
m uskullar yordam i bilan fikr qiladigan b o ‘lib chiqam iz.
Bixevioristlarning shu ta’limotiga ko‘ra, tafakkur muammosining o‘zi
ham bo'lishi m um kin emas, tafakkur m asalasi batam om nutq
masalasining o‘zi boiib qoladi. Nutq bilan tafakkur aynan bir narsa,
degan ta ’limotni burjua psixologlari tafakkurning realligini rad qilmoq
uchun, shu bilan birlikda, mehnatkash kishilarning faoliyatida ongning
faol roli borligini ham rad qilm oq uchun o ‘ylab chiqardilar.
Bixevioristlarning tafakkur nutqdan iborat, degan bu ta’limoti voqelikka
butunlay zid ta’limotdir. Nutq bilan tafakkur aynan bir narsa emasligini
ko‘rsatadigan juda ko‘p faktlar bor.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin