Psixologiya



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə92/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119
Psixologiya

Reja:

1. Ongning paydo bo’lishi va uning ijtimoiy tarixiy moshiyati

2. Ong mohiyati.

3. Ongning psixologik tavsiflari

Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa ega bo’lgan ijtimoiy voqelik shukm suradi. Hayvon o’z to’dasidagi a'zolariga yaqqol holat bilan bog’liq bo’lgan, bevosita favquloddagi vaziyat bilan cheklangan hodisalar yuzasidan "o’zining tili"da xabar uzatishi odatiy hodisa. Odam undan farqli o’laroq nutq vositasida o’z qabiladoshlariga o’tmish (xotirot), Hozirgi davr va kelajak to’g’risida ma'lumot (axborot) berish hamda ijtimoiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida til tufayli aks ettirish (in'ikos qilish) imkoniyatlari qayta qurildi, oqibat natijada odam miyasida atrof-mushit timsollari, xususiyatlari aniqroq aks eta boshladi. Buning natijasida yakka shol shaxs kishilik dunyosi tomonidan orttirilgan tajribadan bashramand bo’la bordi, shuningdek, uning uchun noma'lum shisoblangan borliq hodisalari, holatlari, qonuniyatlari to’g’risidagi bilimlarga egalik qila boshladi. Shis-tuyg’ular, ichki kechinmalar, taassurotlar, shayajonga soluvchi nafosat timsollar yuzasidan zavqlanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga keldi, ularning mazmuni, ma'nosi, moshiyati bo’yicha o’ziga o’zi shisobat berish, ijobiy yoki salbiy ta'sir etishini basholash muammolarini keltirib chiqardi.

Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi orasidagi farqi tafakkurda ham o’z aksini topadi. Chunki har qanday psixik funksiya boshqa turdagi, shakldagi, mazmundagi funksiyalar qobig’ida namoyon bo’ladi va muayyan hart-haroitlar vujudga kelganida rivojlanadi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda amaliy (sodda) tafakkur mavjud bo’lib, chamalash orqali mo’ljal olishga, favquloddagi vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga yo’naltirilgandir. Hayvonlar, aniqrog’i maymunlar ayrim shollarda "qurol" yasash va undan muayyan masala shal etishda foydalanish hodisalari tajribalarda kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavshum tarzda amaliyotga tatbiq eta bilmagan. Sholbuki shunday ekan, hayvonlar idrok qilish ko’lamidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega emas, binobarin, u yaqqollikdan mavshumlikka o’ta olmaydi, shatto bunday vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo’q. Hayvon yaqqollik, bevosita idrok qilishlikni quli bo’lsa, aksincha inson mavshum fikrlashning gultojisidir. Inson bilan hayvon o’rtasidagi bu boradagi tafovut quyidagilarda mujassamlashadi: a) shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavshum holatga o’tish imkoniyatiga ega; b) favquloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga kelishi eshtimol oqibatni oldindan payqash layoqati mavjud; v) qiyinchiliklar uchrasa, ularni engish uchun qo’shimcha vositalar qo’llash, o’zgartirishlar kiritish bilan ajralib turadi. Shuning uchun avtomobil ishdan chiqsa, inson uni sozlaydi, yomg’ir yog’sa, narsalarni panaga oladi, ayb ish qilib qo’ysa, shimoyalanish yo’l-yo’riqlarini o’ylaydi, muammo yechimini qidiradi va hokazo.

Shaxs favquloddagi vaziyatning quliga aylanmaydi, aksincha u kelajakni ko’ra bilishga qodir, aql-farosat esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi.

Faoliyat mashsulini oldidan payqash, fe'l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan inson ustuvorlik qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol vaziyatdan bevosita ta'sirotga bo’ysunishni taqozo etadi. Shaxsni mavshum fikrlashga nisbatan qobiliyati muayyan vaziyatga bevosita bog’liqlikdan uni xalos etadi. Inson bevosita muhim ta'siriga javob berish bilan qanoatlanib qolmasdan, balki uni kutayotgan ta'sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan hayvon psixikasi o’rtasidagi birinchi farq shaxsning o’zi anglagan qadriyatga binoan ongli xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir.

Shaxsning hayvondan ikkinchi farqi- uning mehnat qurollarini yaratish va saqlashga layoqatli ekanligi bo’lib, oldindan tuzilgan reja bo’yicha ularni yasaydi va ulardan muayyan maqsadni amalga oshirishda foydalanadi hamda keyinchalik qo’llash niyatida asrab olib qo’yadi.

Ulardan odamlar hamkorlikda foydalanadi, hamkorlik faoliyatida esa qurollar yaratiladi, o’zaro tajriba almashadi, bilimlarni boshqalarga uzatishadi, umumiy saviyaga vorislik tufayli yuksaladi.

Inson psixikasining hayvondan yana bir farqli tomoni shundaki, uning ijtimoiy tajribaning boshqalarga uzluksiz ravishda uzatishida aks etadi.

Tajribalarni instinktiv xatti-harakatlar tarzida o’zlashtirish hodisasi ham insonga, ham hayvonga xos odatdir, lekin shaxsiy tajribaga ko’ra ijtimoiy tajribaning ustuvorligi odamning ongli mavjudodga aylanishining asosiy manbai shisoblanadi. Shaxsning ijtimoiy munosabat, ijtimoiy tajriba shakllantiradi, moddiy va ma'naviy qurollarni egallash natijasida unda yuksak insoniy funksiyalar (ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy diqqat, mavshum tafakkur) vujudga keladi va rivojlana boradi. Sub'ekt tomonidan kishilik dunyosida yaratilgan madaniy merosni o’zlashtirilishi, ayrim o’zgartirishlar kiritilishi uning kamolotiga sifat jishatidan yuksak bosqichni yuzaga keltiradi. Yuksak funksiyalar, nutqiy faoliyatning takomillashuvi, mehnatning shayotiy eshtiyojga aylanishi, ertangi shayot to’g’risida mulohazalar tug’ilishi ongning rivojlanishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Shu bois inson bilan hayvon o’rtasidagi tafovut tajribaning vorislik funksiyasi kasb etishi bilan yakunlanadi. Jismoniy va aqliy faoliyat kundalik zaruratga aylanishi sababli ong bevosita nazorat funksiyasini bajara boshlaydi, shuningdek, jamiyat, jamoa, tabiat to’g’risidagi tasavvurlarini tushunishi, anglash ham uning tasarrufiga aylanadi.

Borliq voqeliklarini bir tekis in'ikos ettirish vositasi sifatida insonda shis-tuyg’ular rivojlana boshlaydi. Inson bilan hayvonot olami orasidagi yana tafovut shis-tuyg’ular orqali namoyon bo’ladi. Lekin atrof-mushitdagi o’zgarishlarga nisbatan befarqlik har ikkala toifadagi mavjudodlarda shukm surmaydi, biroq tashqi ta'sirlar ijobiy yoki salbiy shissiy qo’zg’atishni vujudga keltiradi. Emosional holatlar hayvonlarda ustuvor rol o’ynaydi, o’zlarining ularga munosabatlarini bildiradi. Biroq hayvonlardan farqli o’laroq odam o’zining yuksak shis-tuyg’ulari

(axloqiy, aqliy, nafosat, praksik-lazzatlanish) bilan jamiyatga va tabiatga nisbatan munosabatini bildiradi, jumladan, quvonch, g’am-g’ussa, meshr-mushabbat, achinish, hamdardlik, zavqlanish, faxrlanish, iftixor va boshqalar.

Tabiat manzaralari, mehnat mashsuli, turmush lashzalari, ezgulik, armon insonni faolikka undaydi, har bir soniyadan maqsadga muvofiq foydalanish xoshishlari motiv vazifasini bajarishga o’tadi. Yuksak shis-tuyg’ular inson xulq-atvorining regulyatoriga aylanadi, Undagi vijdon, uyat, mas'ullik esa qadriyat tariqasida xizmat qiladi. Shis-tuyg’ularni boshqarish, nazorat qilish onglilikni taqozo etadi, ko’zlangan maqsadni amalga oshirishni ta'minlashga yordam beradi. Agarda psixikaning taraqqiyoti biologik evolyusion qonunlar ta'siri bilan ro’y bergan bo’lsa, inson ongining rivojlanishi ijtimoiy tarixiy taraqqiyot qonunlari tufayli amalga oshgan. Hayvon bilan odam psixikasidagi yana bir tafovut ularni rivojlanish hart-haroitlarida ko’rinadi va mushit, munosabat, ta'sir orqali aks etadi.

Shaxslararo munosabatga kirishmasdan turib, yuksak shis-tuyg’ular shakllanmaydi, yuksak psixik funksiyalar rivojlanmaydi, inson shaxsi kamol topmaydi. Odam faqat ijtimoiy mushitda, shaxslararo munosabatda insoniy fazilatlarni egallab, til, aql, ong yordamida kamol topadi, xolos. Shunga qaramasdan, ong paydo bo’lishining biologik hart-haroitlari mavjudligi to’g’risida

mulohaza yuritish mumkin.

Chunki dastlabki ijtimoiy munosabatlarning biologik hart-haroiti ibtidoiy jamiyatdagi to’dadan iborat edi. Shaxsning biologik hartlangan jishatlaridan tashqari, uning ijtimoiy omillari ham mavjud bo’lib, u muayyan ma'noda ijtimoiy munosabatlar mashsulidir. Bunga ijtimoiy mushitdan tashqarida (o’rmonda) shakllangan inson farzandlarining qiyofasi yaqqol misoldir.

Mushitdagi keskin shalokatli o’zgarishlar tufayli inson o’zining moddiy eshtiyojini qondirish maqsadida mehnat faoliyatini kashf etdi va u ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga, turmush hart-haroiti yaxshilanishiga, ongning takomillashuviga, fikr almashish, axborot uzatish imkoniyatining tug’ilishiga olib keldi. Tartibsiz to’dalardan kishilik jamiyati paydo bo’lganga qadar bir qancha davrlar o’tdi, odamning qo’li mo’'jizakor ish qurollarini yasaydigan, ularni takomillashtiradigan, keyinchalik foydalanishi uchun asraydigan ongli mavjudodga o’sib o’tdi.

Ong moshiyati. Psixikaning yuqori bosqichi faqat insongagina xos bo’lgan, uning eng yuksak darajasi shisoblanmish ongda o’z aksini topadi.Ong psixikani yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli shisoblanib, insonning yakka va hamkorlik faoliyatining (muloqot nutq, til vositasida, ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning mashsuli sifatida yuzaga kelgandir.U ijtimoiy mashsul bo’lishidan tashqari, unga muayyan munosabat bildirish maqsadni ko’zlash, o’zlikni anglash kabilarni namoyon etish imkoniyatiga egadir. quyidagi mulohazalarimizda ongning tarkibiy qismlarining moshiyatini yorituvchi va ularning shukm surishiga ta'sir etuvchi omillarga doir ayrim manbalar xususiyatini tavsiflashga harakat qilamiz. Odatda inson ongi uni qurshab turgan tevarak- atrof shaqidagi bilimlar majmuasidan iborat bo’lib, uning tuzilishi tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, qaysiki ularning bevosita yordami bilan shaxs o’z axborotlari ko’lamini uzliksiz ravishda boyitib boradi.Insondagi bilimlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol singari bilish jarayonlari bilish asta- sekin ular anglashinish darajasiga ko’tariladi, keyinchalik esa muayyan turkumlarning tarkibiga kiradi.

Harakatli shissiy tub ma'nodagi shissiy bilish bosqichlariga taalluqli sezgi, idrok, appersepsiya, tanish, bilib olish va tasavvur kabi bilish jarayonlari ko’magi asosida miyaga bevosita ta'sir o’tkazuvchilarning aks ettirishi natijasida inson ongida borliqning mazkur daqiqasida shaxsning tasavvurida ularning shissiy manzarasi yuzaga keladi.Xotira jarayoni ongda o’tmishdagi narsa va hodisalarining obrazlarini esga tushirsa u yoki bu bosh miya katta yarim harlarining bo’limlarida aks etgan muayyan izlarni jonlantirish imkoniyatiga ega bo’lsa, xayol jarayoni esa

eshtiyoj obekti shisoblangan favquloddagi davr shukmiga kirmagan obrazlar modelini namoyon etadi. Bilishning yuksak darajasi bo’lmish tafakkur jarayoni umumlashgan, ijtimoiy xususiyatli, bilvosita va so’z orqali ifodalanuvchi bilimlarga asoslangan holda gavdalanuvchi muammolar yechimini shal etishni ta'minlaydi. Yuqorida ta'kidlab o’tilgan bilish jarayonlarining unisi yoki bunisi aks ettirish imkoniyatidan mashrum bo’lishi, buzilishi yoki ularning qaysinisidir xususiyati batamom, qisman izdan chiqishi ongni tubdan barbod ettirish sari yetaklaydi.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin