Psixologiya


Til va nutqning grammatik tuzilishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə89/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119
Psixologiya

Til va nutqning grammatik tuzilishi Har bir kishi nutqining lug4at tarkibi tilning grammatik tuzilishidan ajralgan holda mavjud bo4lishi mumkin emas. Xuddi, shuningdek, har bir kishi o‘z tilining lug’at tarkibini shu tilning grammatik tuzilishi asosida egallaydi. Har bir so’z ning o’z m a’nosi bor, lekin har bir so’z o’z shaklini
o’zgartirib, grammatika qoidalari asosida tuzilgan biror gap tarkibiga kirganidagina muayyan bir ma’no oladi. Grammatika qoidalari asosida tuzilgan nutq so’zlardan iborat bo’ladi Lekin bunday gaplarda ifodalangan
fikr shu gaplar tarkibiga kirgan so’zlar ma’nosining jamidan iborat bo4ladi,
degan m a’no chiqmaydi. Gapda ifodalangan fikr yoki boshqacha qilib
aytganda, nutqning ma’nosi, shu gapni tashkil etgan so’zlar ma’nosining
jamida hamisha keng va boy bo’ladi So’zlarning m a’nosi bilan nutqning
mazmuni bir-biriga aynan teng bo‘lmaydi. Buni shundan bilish mumkinki, muayyan bir ma’nodagi so’zlar, ularning shakllari va gapdagi o4rinlari
o’zgarishiga qarab, turli ma’no oladi. Masalan: o ‘qituvchi, o ‘quvchi, ga -
pirm oq degan so’zlarning har birining o’z ma’nosi bor. Lekin bu uch so’z
hali hech qanday fikrni ifodalamaydi. Endi bu so’zlarni biriktirib, bunday
bir gap tuzaylik: о ‘qituvchi о ‘quvchiga gapirdi. Bunda biz so’zlar ma’nosining
jaminigina tushunib qolmay, balki shu bilan birga nutqdagi fikrni ham
tushunamiz. Shu so’zlarni boshqa bir tartibda o’zgartirib biriktirsak,
boshqacha fikr hosil bo4ladi: о ‘quvchi о ‘qituvchiga gapirdi.
O'zbek tilida gapdagi so’zlarning o4rnini o’zgartirmasdan, bitta so’zning
shaklini salgina o’zgartirish bilan nutqning va har qaysi so’zning ma’nosi
ham o’zgaradi. Masalan: « U akasini yubordi», « U akasiga yubordi».
Boshqa birovning nutqini eshitgan vaqtingizda ba’zan shunday gaplar
uchraydiki, bu gaplardagi har bir so’zning ma’nosi tushunarli bo4lsa ham,
lekin gapda ifodalangan fikr noaniq bog’lab, tushunilmay qoladi. Mana
shu misolning o’zi ham ma’lum bir gap tarkibidagi so’zlar m a’nosining
jami bilan shu gapda ifodalangan fikr bir-biriga teng emasligini ko4rsatadi.
Tilning grammatik tuzilishining ahamiyati shuni ko4rsatadiki, yakka
odam nutqining qay darajada o’sganligi, qay darajada takomillashganligi
faqat so’z boyligining boyligiga va xilma-xilligigagina bog‘liq bog’lab qolmasdan, balki awalo, shu kishining o’zi gaplashadigan tilining gramma-
tikasini (morfologiyasini va sintaksisini) qay darajada bilib olganligiga
bog‘liqdir. Odam nutqining silliq va tushunarli bo‘lishi uning grammatikani qay darajada bilib olganligiga bog’liq bo'ladi, gaplarda ifodalangan fikrning
tushunarli bo'lishi ishlatilayotgan so’zlaming ma’nosi qay darajada tushunib
ishlatilganiga bog'liq bo’ladi Fikrlarimizni to’g’ri yoki noto’g’ri ifodalab
berishimiz va bu fikrlarni moddiy qobiqda, ya’ni til bilan ifodalab berishimiz, grammatikani qay darajada bilib olganligimizga bog'liq bo'ladi.
Bizning nutqimizni boshqa odamlarning to’g’ri yoki noto’g’ri tushunishi
va boshqa odamlarning nutqini biz ham to’g’ri yoki noto’g’ri tushunishimiz
shunga bog‘liq bo'ladi. Umuman biz odam nutqining qay darajada olganligiga shu odamda bo’lgan lug’at tarkibining boyligiga qarab baho berib qolmasdan, balki,
shu bilan birga, shu nutqning turli-tumanliligiga, ya’ni shu odamning
nutqida o’zi gaplashayotgan tilning grammatika shakllari va qoidalariga
qanchalik rioya qilayotganligiga qarab ham baho beramiz.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin