“Ilk qadam” dasturi Maktabgacha ta’limning tayanch dasturi



Yüklə 193,84 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü193,84 Kb.
#162413
nutq ustirish 1 amaliy slayd Muzayam 3kurs 6semestr

Mavzu: Monologik nutqni rivojlantirishning nazariy asoslari.

Reja: 1. Monologik nutqni rivojlantirish. 2. Nutqning leksik jihatlarini rivojlantirish. 3. Nutqning grammatik tuzumini shakllantirish.

1. Monologik nutqni rivojlantirish. Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o’qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi ( boshi, o’rtasi, oxiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantirish zarur.

Aynan ushbu ko’rsatkich (gaplar o’rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi. Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog’lashning keng tarqalgan variantlari mavjud bo’ladi. Gaplarni bog’lashning eng keng tarqalgan usuli- bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash,

sinonimik jihatdan o’rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang-barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so’zni qayta takrorlashdan qochadi. Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog’lashni o’rgatishi

zarur., bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo’yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi). Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so’z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi.

2. Nutqning leksik jihatlarini rivojlantirish. So’z, predmetlar, jarayonlar, xususiyatlarni nomlash uchun muhim til birligi hisoblanadi. Narsalarning so’zdagi ifodasi (nomi)ni bolalar ularni o’rab turgan borliq bilan tanishish jarayonida o’zlashtirib oladilar.

Biroq, maktabgacha yoshdagi bolaning lug’ati nafaqat miqdor jihatdan o’sishga, balki sifat jihatdan takomillashuviga (so’zlar ma’nosini aniqlashtirish, sinonimlar, antonimlar, ko’p ma’noli so’zlarni qo’llashdagi semantik aniqlik, ko’chma ma’nolarni tushunish) muhtojdir.

Leksik mazmundagi o’yinlar va mashqlar-ntqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularni turli predmetlar va ob’ektlarni taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va funksiyalarni ajratish muhim ahamiyatga ega.

3. Nutqning grammatik tuzumini shakllantirish. Bola tilining grammatik tuzumini o’z vaqtida shakllantirish- uni to’laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining garammatik tuzumini shakllantirish

morfologiya (so’zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o’zgartirish), so’z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so’z negizida boshqa so’zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo’shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o’z ichiga oladi.

TAYYORLADI: JO’RAQULOVA MUZAYAM

ULUG’OVNA.


Yüklə 193,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin