Psixologiya


Psixolog etik (odob-axloq) qoidalarga amal qilishi eng muhim kasbiy me’yorlardan biri bo’lib ularga



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə59/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   119
Psixologiya

Psixolog etik (odob-axloq) qoidalarga amal qilishi eng muhim kasbiy me’yorlardan biri bo’lib ularga :

- O’z kasbini sevishi va o’z kasbiga fidoyilik;

- Kasbiga va mijozlarga vijdonan munosabatda bo’lish;

- O’z kasbida holisona hatti-harakat qilish (Shaxslar yoki odamlarni shaxsiy, kasbiy va moliyaviy foydani ko’zlab ekspluatatsiya qilmaslik);

- Shaxslar, oilalar va guruhlar bilan munosabatda optimist ruhda bo’lish;

- Shaxslar, oilalar, guruh va jamiyatning har bir a’zosini hurmat qilish;

- Shaxslar, oilalar va guruhlar bilan munosabatda g’amxo’rlik;



  • Madaniyatlar, e’tiqod va urf-odatlarni hurmat qilish, qachonki bu e’tiqod, urf-odatlar jiddiy shaxs va odamlarning ruhiyatini hurmat qilish tamoyillariga zid bo’lmasa yoki ularning ruhiyatiga jiddiy zarar yetkazmagan taqdirda;

  • Shaxslarning, kichik yosh bo’lsa vasiy yoki homiylarining ruxsati bilan ish yuritishi;

  • O’z kasbiga mas’uliyatlilik bilan yondashish;

  • Shaxslar, oilalar, guruh va jamiyat bilan munosabatda rostgo’y bo’lish;

  • Shaxslar, oilalar, guruh va jamiyatning shaxsiy ma’lumotlarining havfsiz konfidensialligi (Sir saqlanishi);

Hammamiz mijoz sifatida kichik do’kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo’lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo’pollik bilan javob berishining guvohi bo’lamiz.

G’arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari quyidagi formulaga asoslangan:

Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko’rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy qadriyatlarga ega bo’lishi lozim:

-to’g’rilik, nazokat, vazminlik;

-xushmuomalalik, xushfe’llik;

-iltifot;

-g’amxo’rlik;

-rostgo’ylik, to’g’rilik va h.k.

To’g’rilik-odamlar bilan odob-axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi.

Xushmuomalalik- xulq-atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir. Xushmuomalalik-bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir.

Xushmuomalalik- mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir.

Kamtarlik- yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi.Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.

Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo’lgan munosabatlaringizning azloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat.

Ishbilarmon odamlarning etik tamoyillari va me’yorlari




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin