Psixologiya


Etiket-ishbilarmonlik sohasida, odamlarning bir-birini yaxshi tushunishlari uchun muhimdir



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə60/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
Psixologiya

2.Etiket-ishbilarmonlik sohasida, odamlarning bir-birini yaxshi tushunishlari uchun muhimdir. Etiket “imidj” ning shakllanishida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ko’p mamlakatlarda firmaning qanaqaligini unga qo’ng’iroq qilib xodimi bilan gaplashish orqali bilishi mumkin. Bu qonuniyat nafaqat firmada, balki ko’p joylarda kuzatiladi. Qayerda etiket bo’lsa, shu yerda mehnat unumdorligi yuqori, faoliyat natijalari yuksak bo’ladi.

Shuning uchun ham eng muhim qoidalardan biri:

Ishbilarmonlik etiketi- tadbirkorning axloqiy-kasbiy xulqning muhim tomonidir. Ko’p tadbirkorlarimiz chet ellik firmalar bilan ishbilarmonlik etiketini yaxshi bilmaganlari tufayli aloqa o’rnata olmaydilar.

Ishbilarmonlik munosabatlari amaliyotida har doim qandaydir standart vaziyatlarda uchraydi, ulardan qutilib chiqib ketish juda mushkuldir. Bu vaziyatlar uchun xulq usullari va shakllari ishlab chiqiladi. Qoidalar majmuasi esa ishbilarmonlik etiketini yaratadi.

Madaniyatli otadbirkor- vazirni ham, kompania prezidentini ham, odddiy farroshni ham bir xil ravishda hurmat qilishi shart. Bu samimiy hurmat inson tabiatining asosiy qismiga aylanishi kerak. Axloqiy xulq asosida quyidagi axloqiy baho yotish kerak:ishbilarmon hamkor-yaxshi odam.

Ishbilarmonlik etiketi mijozlar bilan bo’lgan muloqotda maxsus xulqni talab qiladi. Mijozlarga ko’rsatilayotgan har qanday xizmat turidan xulqqa oid kasbiy nozik alomatlar bor. Eng muhim tamoyil: mijoz-ofisning eng qadrdon va kutilgan mehmonidir.

Ishbilarmonlik doirasida obro’-e’tibor katta ahamiyatga ega. Yaxshi obro’ qozonish juda qiyin, lekin uni yo’qotish juda ham oson. Obro’ qozonishda hamma narssa muhim: nutq madaniyati, kiyinishxulq-atvor, ofis interyeri va h.k. Bundan har bir o’zini hurmat qiladigan kompaniya uchun etikaning asosiy qoidasi kelib chiqadi.

Shuning uchun ham har bir zamonaviy tadbirkor faoliyatining asosiy tamoyillari yana biri bu: Tavakkal qila bilish va omadga ishonish, qarorlar qabul qilishda ma’suliyatdan qo’rqmay o’z zimmasiga olish.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin