Psixologiyada men konsepsiyasi talqini


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI



Yüklə 367,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix09.06.2023
ölçüsü367,96 Kb.
#127688
1   2   3   4
Oripova Shohista Xasanovna (1)

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
228 
haqiqatan ham erishgan yutuqlarining kishi da‘vogarlik qilgan, mo‗ljallangan 
narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to‗g‗ri fikr bildirgan edi. U 
surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini ifoda etadigan 
formulani: muvaffaqiyatO‗zinixurmat qilish intilishlarni taklif etgan edi. Ma‘lumki, 
surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o‗zini xurmat 
qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko‗p kuch va g‗ayrat sarflashi va o‗zini 
xurmat qilishini saqlab qolishi shart bo‗lib, bu ko‗pincha murakkab vazifa hisoblansa, 
boshqa bir yo‗li intilishlarining darajasini pasaytirishdan iborat. Bunda hatto eng 
kamtarona muvaffaqiyatlarga erishganda ham o‗zini hurmat qilish hissi yo‗qolmaydi. 
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish hollaridan iborat emas. 
Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymosining mavjud bo‗lishiga xavf 
tug‗diradigan his-tuyg‗ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va 
mumkin bo‗lgan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo‗llaydigan alohida 
yo‗naltiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga yaqin 
«muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z.Freyd 
ishlab chiqqan edi.U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan 
mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz 
instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) ongli «Menning muhofaza mexanizmlari», 
shaxsning «ichki senzurasi» bilan to‗qnashib qoladi va buning natijasida turli 
o‗zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto‗g‗ri talqin 
etilishiga yo‗l qo‗ygan edi. Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o‗z 
maqsadiga erishish yo‗lidagi g‗ovlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan 
paytda ro‗y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir.Hayot uslubini ishlab chiqishda 
boshlang‘ich nuqta odamning o‘zi haqidagi tasavvurlari ekan, o‘zini anglashning 
individual variativligini ko‘rib chiqish darkor. 
Insonni o‘zi haqidagi tasavvurlari, g‘oyalari, baholari va xulq-atvor tendensiyalari 
yig‘indisi ―Men‖ konsepsiyasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, ―Men‖ 
konsepsiyasi subyektni o‘zi haqidagi eng umumiy ustanofkalari tizimidir. ―Men‖ 
konsepsiyasi odamni turli sohalarda muvaffaqiyatini va zaif tomonlarini belgilaydi va 3 
ta rolni bajaradi. 
Birinchidan – shaxsning ichki o‘zaro roziligiga erishishga turtki beradi; 
Ikkinchidan – odamni tajribasini izohlaydi; 
Uchinchidan – kutishni manbasi bo‘ladi. 
―Men‖ 
konsepsiyasi 
hamma 
shaxsiy 
va 
xarakterli 
jarayonlarni 
muvofiqlashtiruvchisi bo‘lib aks etadi. ―Men‖ konsepsiyasi o‘zini kelib chiqishiga ko‘ra 
asosan fenotipli havotirni irsiy darajasi va nerv tizimi xususiyatlari bilan 
mustaxkamlanadigan birlashma. Uni U.Djeyms orginal formulasi bo‘yicha hisoblash 
mumkin. Yoshlikda o‘z-o‘zini baholash tashqi baholar ta‘sirida shakllanadi, bu esa 
keyinchalik interiorizatsiyalanib o‘ziga nisbatan munosabatga aylanadi. 



Yüklə 367,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin