SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali
229
O‘z-o‘zini baholash shaxsning
markaziy tushunchalariga, ularning mag‘ziga
taalluqli. U ko‘p jihatdan shaxsning ijtimoiy
moslashuvini belgilaydi, fe‘l-atvor va
faoliyat regulyatori hisoblanadi. Albatta,
shuni ham unitmaslik kerak, o‘z-o‘ziga baho
berish avvalo-boshdan shaxsga xos obyektiv tushuncha emas.O‘z-o‘ziga baho berishning
shakllanishi ijtimoiylashuv jarayonida, faoliyat va shaxslararo aloqalar jarayonida sodir
bo‘ladi. Sotsium ko‘p jihatdan shaxsning o‘z-o‘ziga baho berishiga tasir ko‘rsatadi.
Insonning o‘z-o‘ziga munosabati insonning dunyoga bo‘lgan munosabati tizimidagi eng
kechki xulosa hisoblanadi. Ammo shunga qaramasdan (balki aynan shu tufaylidir),
shaxsning munosabatlari strukturasida o‘z-o‘ziga baho berish muhum o‘rin egallaydi.
O‘z-o‘ziga baho berish to‘g‘ridan to‘g‘ri shaxsning
ijtimoiy adaptatsiyasi va
dezadaptatsiyasi bilan bog‘liq. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o‘ziga-o‘zi baho
berish haqidagi bugungi ma‘lumotlarning
ziddiyatli ekanligiga qaramay, o‘smirning
asotsial va delinkvent fe‘li va o‘ziga-o‘zi baho berishning o‘zaro bog‘liqligi
haqida
tasavvurlari amalda umumqabul qilingandir. Bahslar esa asosan qonunbuzarning o‘z-
o‘ziga baho berishi qanday holatda salbiy yoki ijobiy ekanligiga borib taqaladi. Empirik
tadqiqotlarga asoslangan va eng keng tarqalgan pozitsiyaga ko‘ra, o‘smir –
delinkventlar, va yoshi katta qonunbuzarlarning ham o‘ziga-o‘zi baho berishi yuqoridir.
Shu bilan bog‘liq ravishda
qayd etiladiki, shaxsning ijtimoiy
dezadaptatsiyasi bilan
bog‘liq yuqori, noadekvat baho keng ixtilof zonasini yoritadi va ma‘lum shart –
sharoitlarda delingvent fe‘l-atvorning namoyon bo‘lishiga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Barkamol shaxs kamolotida milliy an‘analardan foydalanishning ta‘lim-
tarbiyaviy ahamiyati.
2 V. Karimova. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. — Т.: 2009.
3 V. Karimova, О. Xayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi. - Т.: 2007.
4..V.Karimova. Oila psixologiyasi.T.2007
5.O.Musurmonova .Oila ma'naviyati -milliy g'urur.
6. Deyl Karnegi. Muomala sirlari. T.«Navro‗z» nashriyoti. 1999.
7.www.Expert.psychology.ru