Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko’ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o’rin egallashiga barcha obektiv shart va sharoitlar yetarlidir. Qat’iy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubshasizdir. Chunki, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabi bo’lib, biosferik ta'limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o’rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta'limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o’zaro ta'sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo’shilishi to’g’risida mulohazalar, faraziy asosda bo’lsa ham, yuritilmoqda.
E.G’oziyev “Umumiy psixologiya ”1 kitob Toshkent 2002
Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan.
Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan.
R.X. DUSHANOV Yo. A. FARFIYEV “Kasbiy psixologiya” Toshkent 2010
Psixika – bu…
Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), sub'ekt tomonidan ob'ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzalarini sub'ekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonning hodisalari
ifodalangan, tartibga solingandir.
E.G’oziyev “Umumiy psixologiya ”1 kitob Toshkent 2002