Psixologiyaning prеdmеti psihologiya haqida tushuncha


Psihologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o'z aksini topgan



Yüklə 262,36 Kb.
səhifə3/4
tarix18.09.2023
ölçüsü262,36 Kb.
#144915
1   2   3   4
psixologiya fanining predmeti mavzu

Psihologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o'z aksini topgan
2-bosqich
Psihologiya ong haqidagi fan sifatida.
1-bosqich
Psihologiya jon haqidagi fan
XVII asrda tabiiy fanlar rivojlanishi bilan boshlanadi. Fikrlash, hohlash, his qilish, qobiliyatini ong deb atashgan. O'z-o'zini kuzatish asosiy metod hisoblangan.

Bu yo'nalish psihologiyada bundan 2500 yil oldin paydo bo'lgan. Inson hayotidagi barcha narsalar tushunchalarni, tushunarsiz hodisalarni jon, ruh bilan tushuntirishga harakat qilganlar.
3-bosqich
Psiholoogiya hulq-atvor haqidagi fan
4-bosqich
Psihologiya, psihikaning mehanizmlari, qonuniyatlari va faktlarini o'rganuvchi fan sifatida
Dunyoga materialistik nuqtai-nazardan qarash shakllangan. Rossiya psihologiyasi-ning asosida aks ettirish nazariyasi asosiy qonuniyat sifatida ko'rsatiladi.
XIX asrdan boshlanadi. Psihologiyaning vazifasi ko'rgan narsalarni bevosita kuzatish, aniqrog`i inson hulq-atvorini faoliyatini reakciyasini kuzatish deb hisoblangan.
Psihologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad etib, mehanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari psihologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta'kidladi.

Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677)
ongni katta ko'lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya'ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya'ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psihik hodisalarning ob'ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta'limot targ`ibotchisi edi.

XVII asrda emperizm va sensualizmni tajriba va his etiladigan bilimning «sof» aql-idrokdan afzalligi haqidagi ta'limotning, ya'ni aqlda hech qanday tug`ma g`oyalar va tamoyillar bo'lishi mumkin emasligi haqidagi ta'limotning oldingi marraga ko'tarilishiga olib keldi. Bu ta'limotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704) astoydil himoya qilib chiqqan edi. Uni empirik psihologiyaning asoschisi deb, hisoblash qabul qilingan

Yüklə 262,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin