Eksperiment metodi.
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayot faktlari ularning tabiiy suratda ro‘y berishida, borishida va o‘zgarishida olib o‘rganiladi, ya’ni xaqiqatda, kishilarning kundalik turmushida qanday ro‘y bersa, o‘shanday holida tekshiriladi.
Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir ung‘aysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga to‘g‘ri keladi, masalan, bu erda tadqiqotchi psixologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo‘lsa, o‘sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga yoki biron kishida, ba’zan psixologning o‘zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga to‘g‘ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu ung‘aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi.
Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa o‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo‘ladigan boshqa psixik hodisalar kompleksidan ajratib olinishi mumkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperiment davomida o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir suratda bog‘lanishi, kuch, tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari
Dostları ilə paylaş: |