Ongsizlik.- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘ indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.
Sinaps-aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi.
Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o‘rtasidagi kichik oraliq.
Irsiyat- organizmlarning o‘z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir.
Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo‘lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi.
Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o‘simtalari bo‘lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.
Psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik.
Jins – psixologiyada biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri va erkak yoki ayol farqlarini aniqlashtirish xususiyatidir.
Testosteron-asosiy erkak gormon. U erkaklarda hamda ayollarda uchraydi. Agar testosterone ayol organizmida ko‘payib ketsa, u holda bu homilada erkak jinsiy a’zolarining rivojlanishiga olib keladi. SHuningdek, o‘g‘il bolalarda jinsiy etilish davrida tashqi jinsiy belgilarning rivojlanishi tezlashishi kuzatiladi