Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70 yillarida jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning individual-psixologik farqlarini o‘rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib esa sport psixologiyasi o‘rganayotgan muammolar ko‘lami kengaydi, shu boisdan uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta’sir o‘tkazuvchi muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari, sport psixologiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga psixologik yordam ko‘rsatish jabhalari bilan ham shug‘ullanadi.