Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari


Ijtimoiy (sotsial) psixologiya



Yüklə 34,55 Kb.
səhifə24/28
tarix02.01.2022
ölçüsü34,55 Kb.
#41722
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
2 5233461050820529406

Ijtimoiy (sotsial) psixologiya - odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy­psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiqot qiluvchi psixologiya sohasi. Qadimgi zamondan ijtimoiy­psixologik voqelik falsafiy nuqtai nazardan o‘rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga asos bo‘lib psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etnografiya, kriminologiya, falsafa kabi fanlar xizmat qilib kelgan. XIX asrning ikkinchi yarmida sotsial psixologiyani fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan sotsial psixologiya 1908 yildan e’tiboran alohida fan sifatida tan olingan. Bunga asos bo‘lib bir vaqtning o‘zida angliyalik psixolog U.(V) Makdugall va amerikalik sotsiolog E.Rosslarning tadqiqot natijalari xizmat qildi. CHunki bu ishlarda «sotsial psixologiya» termini

qo‘llanilgan edi. Urushdan keyingi yillarda AQSHda va boshqa mamlakatlarda sotsial psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish jarayoni keng yoyildi. Ayniqsa, AQSH da o‘tkazilgan Kotornning tajribasi, E.Meyoning izlanishlari sotsial psixologiya tarixida asosiy rol o‘ynaydi. Bu tadqiqotchilarning asosiy ob’ekti bo‘lib kichik guruhlar xizmat qilgan, tajribalar laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan. Sotsial psixologiya fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruhiy o‘zaro ta’sir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va boshqalarni tekshiradi.


Sotsial psixologiya bir necha sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi: din psixologiyasi, oila psixologiyasi, muomala psixologiyasi, kichik guruh psixologiyasi, katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok qilish psixologiyasi, etnopsixologiya va boshqalar.

Yüklə 34,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin