Tibbiyot psixologiyasi - kasallarning davolanishi, gigiena, profilaktika, diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Tibbiyot psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasalliklarning kechishi, ularning shaxs psixologiyasiga ta’siri qonuniyatlari, insonning kasallikdan sog‘ayishiga mikrosotsial guruh ta’siri o‘rganiladi. Tibbiyot psixologiyasi o‘z ichiga klinik psixologiya, patopsixologiya, neyropsixologiya, somatopsixologiya kabi bo‘limlarni qamrab oladi. Tibbiyot psixologiyasi tarkibiga psixoterapiya sohasini ham kiritadilar. Tibbiyot psixologiyasining asosiy muammosi kasallikni davolashning inson psixologiyasiga ta’sirini tadqiq qilishdir. Uning asosiy muammosi insonning psixologiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi va shu bilan davolanishni tezlashtiruvchi, ijobiy davolash muhitini tashkil qilishdir. Psixik hodisalar bilan miyaga fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadigan soha - neyropsixologiya. Dorivor moddalarning kishi psixik faoliyatiga ta’sirini tekshiradigan soha - psixofarmokologiya. Bemorlarni davolash uchun psixik jihatdan salomatligini ta’minlash chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi soha - psixoprofilaktika.