yatga ega. 4—5 yoshligidan boshlab bolaning uyda doimiy baja-
radigan majburiyatlari bo‘lishi maqsadga muvofiq. Uy mehnatida
ishtirok etish tufayli bolada saranjom-sarishtalik, mas’uliyatlilik,
mehnatsevarlik va boshqa foydali xislatlar shakllanadi. Bolaning
shaxs sifatida shakllanishi va tarbiyalashda asosiy mehnat tur-
lari - bu uy ishlariga yordamlashish, ota-onalar bilan birgalikda
iqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etish, ovqat pishirishda
yordamlashish, o‘simliklar va gullarni parvarishlash va hayvon-
larga qarash va b. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlari o‘ynay-
digan, dam oladigan joylarini yiglshtirishda, bezashda ishtirok
etishlari muhim, kichik maktab yoshidagi bolalar dars tayyorla-
gan joyini yig‘ishtirishi lozim. Har bir bolaning uyda kichik, ish
burchagi bolishi lozim.
Uy ishlariga yordamlashish bolada batartiblik va tozalikni
rivojlantiradi. Uy mehnati orqali tarbiyalashning boshqa jihati -
iqtisodiy jihat bolib, bunda bola oila budjetini tejab-tergab foyda
lanish haqida tasavvurlari va malakalari shakllanadi.
Uy mehnatining turlaridan biri o‘z-o‘ziga xizmat qilishdir.
Bunda bolada mustaqillik, o‘z-o‘ziga xizmat qilish qobiliyati
shakllanadi. Bolalarning qishloq xo‘jalik ishlarida, o‘simliklar va
hayvonlarni parvarishlashda ishtirok etishi — ekologik va axloqiy
tarbiyaning kuchli qurolidir.
Maktabgacha yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat bolgani
bois, u katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.
0
‘yinning tarbi
yaviy funksiyalaridan biri shundan iboratki, u bolaning turli eh-
tiyojlarini qondirish va uning motivatsion sohasini rivojlantirish
vositasi hisoblanadi1.
0
‘qish faoliyatida bola nafaqat o'rganadi, bilim, malaka va
ko‘nikmalarni egallaydi, balki tarbiyalanadi ham, ya’ni ma’lum
shaxs xislatlari layoqatlar, qobiliyatlar, qiziqishlar, ehtiyojlar, xa-
rakter xislatlari ham shakllanadi. Kichik maktab yoshining oxi-
Dostları ilə paylaş: