Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Pedagogik faoliyatning individual uslubi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

23.5. Pedagogik faoliyatning individual uslubi
0
‘qituvchilik — inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran 
davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik to­
monidan e’tiborga loyiq deb hisoblanib, e’zozlab kelingan kasbdir.
Nasiriddin Tusiy o‘zining « 0 ‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘ri- 
sida» degan asarida shunday deydi: «...
0
‘qituvchi munozaralarni 
olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot qilishni bili­
shi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo to- 
za, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim... 
0
‘qituvchi 
nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qat­
tiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchining o‘zini tu- 
ta olmasligi ishni buzishi mumkin...»
Qobiliyatli, ijodkor inson - u har doim o‘ziga xos shaxsdir. 
Pedagogda individuallikning shakllanishi bolani ijodiy shaxs si- 
fatida tarbiyalashga yordam beradi. Har qanday katta odam ongli 
ravishda pedagoglik kasbini tanlar ekan, u tanlagan yo‘lini amalga
557


oshirish chog‘ida allaqachon shaxs bolib shakllanadi va shak-shub- 
hasiz individualdir. 
0
‘qituvchi va tarbiyachilar ichida turli-tuman 
shaxslar qancha ko‘p bolsa, ular bolalarni o‘qitib tarbiyalaganlari- 
da bu bolalar ko‘pdan ko‘p, shu bilan birga foydali individual xu- 
susiyatga ega bolishlarining ehtimoli shuncha yuqoridir.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan, har bir o‘qituvchi va tarbiyachi ega 
bolishi lozim bo‘lgan pedagogik faoliyatning umumiy talablari, 
pedagogik qobiliyatning ko‘pdan ko‘p jihatlari bilan ularning in- 
dividuallikka intilishlarini qanday boglash mumkin? Pedagogik 
faoliyatning individual uslublarini ko‘rib o‘tamiz. Ular quyida- 
gicha namoyon boladi:
1
) temperamentda (vaqtda va reaksiya tezligida, kirishuvchan- 
likda;
2
) pedagogik holatlarga bolgan reaksiya xarakterida;
3) o‘qitish uslublarini tanlashda;
4) tarbiya vositalarini tanlashda;
5) pedagogik muloqot ko‘rinishida;
6
) bolalar xatti-harakatlariga bolgan munosabatda;
7) o‘zini tuta bilish va yurish-turishida;
8
) u yoki bu turdagi rag‘batlantirish yoki jazolash usulini 
qollashda;
9) psixologik-pedagogik ta’sir vositalarini qollashda.
Pedagogik faoliyatning individual yo'nalishi haqida gapirgan-
da, odatda shu nazarda tutiladiki, u yoki bu pedagogik ta’sir vo­
sitalari va o'zini tutish shakllarini tanlashda pedagog o‘zining in­
dividual imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Har xil individuallikka 
ega bolgan pedagoglar ko'pdan ko‘p o‘quv va tarbiyaviy misol- 
lar ichidan aynan bir xilini tanlashi mumkin, lekin ulardan har 
xil foydalaniladi.
Shuni ta’kidlab o lish joizki, bu yuqori pedagogik tajribani 
qabul qilinishi va uni keng tarqatilishiga taalluqlidir. Uni tah- 
lil qila turib pedagog doimo shuni yodda tutishi lozimki, bunday 
tajriba, malaka amaliy jihatdan olib qaralganda uning muallifi 
shaxsidan ajralmas boladi va o‘qituvchining individualligi ham-
558


da umumahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik topilmalar birlash- 
masidan tashkil topadi.
Shu sababli pedagogik tajribalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqa 
o‘qituvchilar yoki tarbiyachilar tomonidan ko‘chirib olishning 
kelajagi yo‘q hamda bu hoi yomon natijalar beradi. Buning yu­
zaga kelish sababi shundaki, pedagogning psixologik individu- 
alligini aynan qaytarish qiyin, ularsiz natijalar o‘z-o‘zidan bosh- 
qacha bo‘lib chiqadi. Bu holatdan chiqib ketish uchun pedagogik 
tajribaning muhim qismini ajratib olib, ongli ravishda muam- 
mo qo‘yish va uni ijodiy individual qayta ishlab, hal etish lozim. 
Boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik tajribani shun- 
dayligicha ko‘chirib olmaslik kerak: undagi asosiy g‘oyani aniqlab, 
doimo o‘zligicha qolmog‘i, ya’ni yorqin individual xislatlarga ega 
bo‘lmog‘i lozim. Bu holat bolalarni o‘qitish va tarbiyalash sa- 
marasini kamaytirmaydi, balki sezilarli darajada oshiradi, unga 
yuqori pedagogik tajribani o'rganish orqali erishiladi.
0
‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan o‘quv jarayonida subyekt- 
ning ta’lim olishi uning o‘ziga xosligi va xarakterida namoyon 
boladi, bu uning o‘quv usuliga ta’sir ko‘rsatadi. Shakllangan indi­
vidual o‘quv usullari sxematik ravishda ikki qutb bilan ko‘rsatili- 
shi mumkin: «ijobiy» - «salbiy». Quyida keltirilgan jadval o‘quv 
jarayonida bunday usullarni ko‘rsatib beradi. 
0
‘qituvchi dars ja­
rayonida buni inobatga olgan holda yondashishi maqsadga mu- 
vofiqdir.
Yu.A.Samarin fikricha, o‘quv faoliyati samaradorligining 
ko‘rsatkichi o‘quvchilarda tafakkurning tizimliligi bilan dina- 
mikligining kengayishidan iboratdir. Shunday ekan, pedagog do­
imo ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishda bu jihatlarni 
inobatga olishi kerak.
D.B.Elkonin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoli- 
yatini boshqarishga oid o‘z nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lib, 
uning fikricha, o‘quv faoliyatini boshqarish uchun quyidagi 
tarkibiy qismlarni o‘quvchilar egallab olishlari zarur:
1
) berilgan o‘quv topshirig‘ini yechish uchun vositalar tanlash;
559


2
) topshiriqlarni yechish jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish;
3) o‘zlashtirilgan bilimlar, ko‘nikmalar sifatini baholash;
4) o‘z-o‘zini va topshiriq yechimini tekshirish;
5) o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish;
6
) simvollar (alomatlar, belgilar) bilan predmetning ichki mu- 
nosabatlari mavjudligini tushunish kabilar.
N.D.Levitov mazkur muammo bilan bevosita shug‘ullanma- 
gan bo‘lsa-da, lekin o‘qituvchi tomonidan o‘quv faoliyatini bosh- 
qarish imkoniyati va uning mezonlari to‘g‘risida muhim fikrlarni 
ilgari suradi. 
0
‘quv faoliyatini idora qilish uchun quyidagi jab- 
halar ishtirok etishi shart:
1
) tafakkurning mustaqilligi;
2
) o‘quv materialining tez va puxta o‘zlashtirilishi;
3) o‘quvchilardagi aqliy topqirlik;
4) ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyat mo- 
hiyatiga chuqur kirib borish, ya’ni muhim alomatni nomuhimdan 
ajrata bilish;
5) fikrlashda tanqidiylik, ijodiylik va boshqalar.
Bularning muayyan tizim shakliga kelganligi ta’limni opti-
mallashtirishning puxta negizini va shart-sharoitini yaratadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin