Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

187


XI 
BOB. INSON PSIXIK RIVOJLANISHINING
BOSQICHLARI: ONTOGENEZDA RIVOJLANISHNI
DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI
Reja:
1. Yoshga oid davrlarning tarixiy kelib chiqish muammosi.
2. «Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S.Vigotskiy ishlarida 
bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi.
3. D.B.Elkoninning rivojlanishni davrlashtirish va yoshga oid 
dinamikasi haqidagi tasavvurlari.
4. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishda- 
gi zamonaviy yondashuvlar.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bo‘lajak psixologlar tomonidan rivojlanishni davr­
lashtirish haqidagi bilimlarning o'zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy:
bo‘lajak psixologlar tomonidan ontogenezda rivoj­
lanishni davrlashtirish muammosi haqida bilim, malaka va 
ko‘nikmalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv 
maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
psixologik yosh, rivojlanishni davrlash­
tirish, madaniy-tarixiy fenomen.
11.1. Yoshga oid davrlarning tarixiy kelib chiqish muammosi
Yosh davrlari psixologiyasi predmeti haqidagi tasavvurlar fan 
rivojlanishi davomida chuqurlashib bordi. Biroq, ta’kidlash joiz- 
ki, inonning hayot siklini tuzilishi va mazmuni, ya’ni o‘rganila- 
yotgan obyektning o‘zi tarixiy o‘zgarishlarga moyil. Bu ma’noda 
L.S.Vigotskiy (abadiy) «hamisha bola» tushunchasini tanqid qilib, 
buning o‘rniga «tarixiy bolalik» haqidagi holatni ilgari surib, o‘z 
fikrini bildirgan. Psixik rivojlanish jarayoni organizmning yetilishi 
va tabiatning mangu (abadiy) qonunlariga bo'ysunmaydi, shuning 
uchun «hamisha», («Abadiy») bolalik haqida gapirib bo‘lmaydi. 
Madaniy-tarixiy fenomen sifatida bolalik tarixi jamiyat tarixi bi­
lan uyg‘unlashadi. Bolalik bu tarixiy kelib chiqish va ko‘rinishiga

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin