lat beradi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to‘g‘ri hal qilish-
ni boshlasa, odatda 7 yoshdan so‘ng bu aqliy qobiliyat o‘sganligi,
qaytariluvchanlikni yuzaga kelganligi operatsional tuzilish shakl-
langanligiga bog‘liq bo‘lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganli-
gi haqida dalolat beradi. Bola predmetning ikki xil belgisi o'zaro
bog‘liq emasligini, bir-biriga tobe emasligini, masalan,
narsaning
shakli va miqdori tushunishga qodir bo'ladi. Har xil belgilarni —
predmet materiali, uzunligi, og‘irligi, hajmini,
keyinroq vaqti,
tezligi saqlanib qolishi haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Obyektlar
va qismlarni tasniflash qobiliyati yuzaga keladi, ya’ni
qatorlarga
tartibga solib joylashtirish, masalan, miqdorini kamayishi tartibi-
da. Endi bola bevosita idrok ta’sirini yengib o‘tib, ma’lum bir vazi-
yatga mantiqiy tafakkumi tatbiq etadi. Ijtimoiy va madaniy qur-
shov rivojlanish bosqichining kechishi tezligini tezlashtirishi yoki
sekinlashtirishi mumkin. Birinchi navbatda bu unga mashg'ulot
uchun to‘g‘ri keladigan materiallarni, ham yechish uchun top
shiriqlarni yetkazib berish hisobiga amalga oshadi. Tayyor bilimni
berish to‘g‘ri javoblarni
yod olish samarasiz, rivojlanish insonning
shaxsiy faolligi amalga oshib, bilish jarayonlari faol tashkillashti-
rilib, tartibga solinganda sodir bo'ladi. Shuningdek, tafakkurning
rivojlanishi uchun va ayniqsa, boshqa nuqtayi nazarlarni anglash-
ni rivojlantirish uchun g‘oyalar, fikr-mulohazalar almashinuvi va
tengdoshlar bilan bo'lgan bahs-munozara muhim.
Aniq operatsion tafakkurga o'tish barcha psixik jarayonlar, ax-
loqiy fikrlar va qobiliyatlarni boshqa
odamlar bilan hamkorlik-
ka moslashtiradi. Biroq barcha bu mantiqiy operatsiyalar aniq
faqatgina haqiqiy, ko'zga ko'rinadigan, anglanadigan predmetlar
va ular bilan bog'liq bo'lgan harakatlarga qo‘llaniladi,
bola ha-
qiqat havola etilgan aniq mazmunga bo‘ysunadi.
Dostları ilə paylaş: