Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


10.6. Psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishdagi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

184


10.6. Psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishdagi
ikkita paradigmalar
Zamonaviy psixolog L.F.Obuxova, L.S.Vigotskiyning rivojla- 
nishga biologizatorlik, naturalistik va madaniy-tarixiy yondashuv- 
larning prinsipial asosiy farqlari haqidagi talqiniga tayanib, 
bolalar rivojlanishi tadqiqotida ikkita asosiy paradigmaning mav- 
judligi va ajratilishini uqtirgan: tabiiy-ilmiy hamda madaniy-ta­
rixiy. T.Kundan so‘ng u paradigma tushunchasini ma’lum bir 
vaqt davomida to‘plangan yutuqlarni ilmiy birlashmaga muam- 
molarni va ularning yechimini ko‘rsatish modeli barcha tomo­
nidan tan olingan, ilmiy yutuq sifatida talqin qilgan. L.F.Obu­
xova ta’kidlashicha, paradigma tushunchasi psixologlar diqqatini 
psixologik maktab va yo‘nalishIar asos qilib olgan ustanovkalarni 
anglashga qaratadi, bu ilm-fanning bugungi rivojlanishida, psi- 
xologlarni bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina yondashuvlar va ta’li- 
motlar bilan tanishtirishda juda muhim. Tabiiy-ilmiy paradigma 
ham, yosh davrlar psixologiyasi tarixida ham uning taraqqiyoti­
ni zamonaviy bosqichida ko‘pgina variantlar asosida ifodalangan. 
Asosiy naturalistik ustanovkalar biogenetik nazariya me’yoriy 
yondashuv klassik bixeviorizm, ikkita omil konvergensiyasi na­
zariyasi bolani psixoanalitik o'rganish J.Piajening intellektual 
rivojlanish ta’limoti singari tashqi sirtdan o‘xshamaydigan nazari- 
yalar asosida yotadi. 0 ‘sha naturalistik metodologik yondashuvlar 
etiologik, ekologik, invayronmental, ijtimoiy kognitiv va asoslan- 
gan rivojlanishni o‘rganishning yangi ta’limoti hamda yo'nalishi 
yuzaga keladi. Bu paradigmalar doirasida psixik rivojlanish tuzi- 
lishi va sharoitlari haqida ko‘pgina empirik dalillar to‘plangan sa- 
marali tadqiqotlar o‘tkazilgan insoniyat hayoti va psixikasining 
asosiy jihatlari, sohalari, xulq-atvor intellekt va emotsional iro- 
daviy sohalar tahlil qilingan. L.S.Vigotskiy ishlarida asos solin- 
gan madaniy-tarixiy paradigmalar A.N.Leontev, A.V.Zaporojets, 
P.I.Zinchenko, P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, M.I.Lisina, W .D a- 
vidov, L.A.Venger, N.N.Poddyakova, N.F.Talizina, N.G.Salime-
185


na va ko‘pgina boshqalar tadqiqotlarida davom ettirilgan. L.S.Vi­
gotskiy nazariyasining xorijiy izdoshlari D.J.Brunner, M.Kov, 
S.Skribner, R.Van der Veer, D.J.Verch va boshqalar.
Har ikkala paradigma ham mavjudlikka hamda kelgusida 
rivojlanish huquqiga ega, ammo ularning asosida bir-birini inkor 
qiluvchi ilmiy ustanovkalar yotadi, shuning uchun ular oddiy 
jamlanib bo‘lmaydi. Soddalashtirilgan elektrik yondashuvlarni va 
g‘oya tushuncha yoki hatto dalillarni tanqid qilmay o‘zlashtirib 
olishdan qochish kerak.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin