Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Bolalik nima?
2. F. Arles san’at asarlari, badiiy asarlar, o‘tgan davrdagi in- 
sonlar maktublarini tahlil qilish bilan qanday xulosaga kelgan?
3. Jamiyat hayotining murakkablashib borishi bola ruhiyatiga 
va shaxsiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
4. Bola rivojlanishida jamiyatni anglash borliqni o‘zlashtirish- 
da asosiy faoliyat turini ko‘rsating.
203


5. V.T. Kudryatsev bolalikning keyingi tarixiy rivojlanishini 
bolalikning nechta tipini ajratadi?
6
. Kvazibolalik qanday xarakterlanadi?
7. Bolalikni ajratishda asos qilib nimalar olinadi?
8
. L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish qanday 
davrlarni o‘z ichiga oladi?
9. A.V.Zaparojets psixik jarayonlarni qanday jarayon deb atagan?
10. Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomo­
nidan qanday tahlil qilingan?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:
1. Bolalik nima?
a) *tarixiy kelib chiqish va ko‘rinishiga ega bo'lgan, murakkab 
ijtimoiy-madaniy hodisadir;
b) inson yoshi va ruhiyatining muayyan bir davri;
c) inson hayotiy rivojlanishining bir bo'g‘mi;
d) murakkab ijtimoiy-madaniy hodisadir.
2. F. Arles san’at asarlari, badiiy asarlar, o‘tgan davrdagi in- 
sonlar maktublarini tahlil qilish bilan qanday xulosaga kelgan?
a) u ijtimoiy hayotning rivojlanishi davriy ravishda kechishi- 
ni ta’kidlagan;
b)* u ijtimoiy hayotning rivojlanishi, yangi ijtimoiy institut- 
larning paydo bo‘lishi insoniyat hayotining yosh davrlarini ajrati- 
lishiga olib keladi, - degan xulosaga keldi;
c) u ijtimoiy hayotning rivojlanishi murakkab hodisa ekanlig- 
ini e’tirof etgan, yangi ijtimoiy institutlarning paydo bo‘lishini ay- 
tib o‘tgan;
d) u ijtimoiy hayotning o‘zaro uzviy bogliqligini va vaqt o‘tishi 
bilan sayqallanib rivojlanib borishini aytib o‘tgan.
3. Jamiyat hayotining murakkablashib borishi bola ruhiyatiga 
va shaxsiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
a) jamiyatning rivojlanib borishi bola hayotida tub o‘zgarish- 
larni vujudga keltiradi;
b) jamiyat rivojlanishi bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
204


c) * bolaning holati (ya’ni ijtimoiy maqomi, huquq va majburi- 
yatlar doirasi, unga doir bo‘lgan faoliyat turlari va shakllari) mu­
him o‘zgarishlarga duch keladi;
d) jamiyatning rivojlanib borishi bola hayotida ta’sir ko‘rsat- 
maydi.
4. Bola rivojlanishida jamiyatni anglash borliqni o‘zlashtirish- 
da asosiy faoliyat turini ko‘rsating.
a) suhbatlashish;
b) atrofni kuzatish;
c) *turli o‘yinlar o‘ynash;
d) borliqni idrok qilish.
5. L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish qanday 
davrlarni o‘z ichiga oladi?
a) *yangi tug'ilgan chaqaloq inqirozi; go‘daklik (2 oylikdan 1 
yoshgacha); 1 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 yosh); 3 yosh inqiro­
zi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); 7 yosh inqirozi; mak­
tab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh inqirozi; Pubertat yosh (14—17 
yosh); 17 yosh inqirozi;
b) go‘daklik (1 oylikdan 1 yoshgacha); 1 yosh inqirozi; ilk 
bolalik (2-3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi 
(3—7 yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh 
inqirozi; Pubertat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi;
c) ilk bolalik (1—3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbi­
ya yoshi (3—7 yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh); 
13 yosh inqirozi; Pubertat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi;
d) 2 oylikdan 2 yoshgacha; 2 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 
yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); 7 
yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh inqirozi; Puber­
tat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin