Ilk bolalik davridagi psixologik yangilik
Bola
Boshqa
kishilar bi
lan taqqos-
lashi
tomonidan
o ‘zining atro-
fidagilaridan
ajralishi
O'zini ha
rakat sub-
yekti sifatida
anglashi
Yurishni o‘rganish bolaning jismoniy o'sishi uchungina emas,
balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga
egadir. Bolaning mustaqil harakat qilishi — yurishi tufayli ko‘plab
predmetlarga
duch keladi, ularning nimalarga ishlatilishini
«amal»da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan kerakli o‘rinda foy-
dalana boshlaydi. Bola yurishni o'rgangach, fazoni ham bila bo
radi. Kichkintoy bolalar «yaqindagi» fazoni qo'llarining harakati
yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi.
Bog£chagacha yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni oriyentirovka qi
la boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o'z oyog‘i yordamida maso-
fa va yo‘na!ish bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘1 va oyoqlarining
o'zaro
kelishib harakat qilishi, boshlang‘ich ko‘z o'lchovi o'sa-
di hamda masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha
aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi.
Bog‘chagacha bo'lgan yosh davrining birinchi yarmida bola
lar predmetlar bilan harakat qilib, tanishib boradilar. Harakatlar-
ning barcha koordinatsiyasi bolada barqaror diqqatning rivojla-
nishiga, idrokning aniq bo'lishiga va iroda kuchining o'sishiga
olib keladi. Ammo bolalarning harakatlari kattalarning harakat-
lariga taqlid qilish xarakteriga ega bo'ladi. Biror-bir harakatni
o‘z vaqtida o'zlashtirishi bilan bola uni asta-sekin mustaqil baja
ra boradi, bu harakat unda dadillik, ishonch va sabr-matonatlilik
kabi ijobiy xislatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Bola hayotining uchinchi yilida, ya’ni
organizmning intensiv
o'sishi va rivojlanishi davrida harakatlarning kam bo'lishi bola
ning umumiy o'sishiga salbiy ta’sir etadi.
227
Shu sababli asosiy harakatlar (yurish, yugurish, predmet-
larga tirmashib chiqish) bilan birgalikda, qo‘l harakatlarining
ham to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilish
zarurdir. Bolaning harakatlarini asosan uning kundalik faoliyati
jarayonida o‘stirib borishga e’tibor berish kerak. Masalan, musta
qil
ravishda yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigiyenik mashqlar,
o‘yin va boshqalar.
Har xil harakatlarni bajarish va predmetlar bilan harakat qi
lish tevarak-atrofdagi olamni bilishga olib keladi. Bola predmet-
larning fazodagi o‘rni, joylanishi, sifati, hajmi, shakli va holatlari
bilan tanishadi. Bularning hammasi sezgi organlarining o‘sishi-
ga ijobiy ta’sir etadi. Bir yoshlik bola nisbatan yaxshi rivojlangan
sezgirlikka egadir. Bola bog‘cha davrining boshlanishida ba’zi to-
vushlarni, o'ziga yaqin kishilarning ovoz tempini aniq ajrata ola
di, ba’zi bir narsalarning ta’mi va hidini farq qiladi,
ranglarni
taniy boshlaydi. Bu yosh davrida ko‘rish va eshitish analizator-
larining rivojlanishi ayniqsa yuksak darajaga yetadi. Bola aso
siy ranglarni bir-biridan farq qiladi. Lekin bolaga ranglarning
228
nomini aytishga qaraganda, ularni bir-biridan ajratish osonroq-
dir. Bolalar ranglarni bilsalar ham, bu sohadagi o‘z bilimlari-
dan yetarli darajada yaxshi foydalana olmaydilar.
Bolalar qizil
rangni osonlik bilan ajrata oladilar-u, binafsha rangni ajratish-
da ko‘pincha yanglishadilar. Ko‘pincha bolalar har bir rangning
tusini, tovlanishini yaxshi ajrata olmaydilar.
Bu yoshdagi bolalar uchun idrok qilinayotgan predmet obraz-
larining bir-biriga o‘xshashib ketishi xarakterlidir. Masalan, ular
olmani biladilar, olma bolaga bir butunligicha tanish, lekin bo
la olmaning rangini ham, shaklini ham alohida holda ajrata ol-
maydi. Predmetni har tomonlama ko‘ra bilish, ya’ni uni qism-
larga
ajratish, belgi va turlariga qarab farqlash — uni analiz
qilish demakdir. Bu esa bolaga butunlikni tushunish imkonini
beradi. Shu sababli, bolalarni yangi predmetlar bilan tanishtir-
ganda, ularni bir-biridan ajratib turadigan shakli, rangi va qism-
lariga e’tibor berish
Dostları ilə paylaş: