Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

lo zim .
Mana shunday tarbiyaviy ta’sir nati- 
jasida bolalarning predmetlar haqidagi tasavvurlari o‘sadi. Bola 
bir yarim yoshga borganda, o‘zlari tez-tez uchratib turgan pred­
metlarni, ularning rangi, hajmi, shaklining o‘zgarishidan qat’i 
nazar, xatosiz tanib oladilar. Bola ikki yoshga to‘lay deganda, 
tanish kuy va tovushlarni bilib oladi. Borliqni bilish jarayoni­
da bola o‘z hayotida va tevarak-atrofidagi kishilar turmushi- 
da o‘rnatilgan tartibni tushuna boshlaydi. Bu olamni bilish- 
ning eng muhim tomoni bo'lgan zamon — vaqtni bilib olishi 
uchun asos boladi. Bolaning organizmi ma’lum tartibga ko‘ni- 
ka boshlaydi, bu vaqt bilan tanishishdagi dastlabki qadamdir. 
Keyinchalik bolalar tabiat hodisalari va odamlarning kunda- 
lik hayoti singari tushunchalarni anglay boshlaydilar. Albatta, 
buning uchun kattalar bolalarning e’tiborini hayotning muhim 
belgilariga qaratishi lozim. Bolaning har bir sezgan va idrok et­
gan narsalari o‘ziga xos sezgilar bilan mustahkamlanishi kerak. 
So‘z bolaning ko‘rayotgan predmetlarini tushunib olishini oson- 
lashtiradi, predmetni so‘z yordamida bilib olish ko‘z va quloq 
ishini kuchaytiradi.
229


Bolaning aqliy jihatdan o‘sishida makon va zamon haqidagi 
tushunchalarni anglashga yordam beradigan so‘zlarni o‘zlashti- 
rib olishi muhimdir. Predmetlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan har xil 
fazoviy belgilarning (masalan, katta oraliq, tor oraliq) va tur­
li fazoviy munosabatlarning nomlarini (o‘ngda, chapda, orqada, 
bir qatorda) bilib olish natijasida bolalar predmetlar o'rtasidagi 
bu munosabatlarni ajratib olishga o‘rganadilar. Shu tariqa, nutq 
predmetlarning belgilarini differensiyalash va umumiylashti- 
rish vositasi bolib xizmat qiladi. Lekin, shu bilan bir qator­
da, so‘z birinchi signal sistemasi bilan bevosita boglanm ogl 
lozim. Ikki-uch yashar bolalardagi idrok o‘zining yetarli dara­
jada o‘smaganligi va beqarorligi bilan ajralib turadi hamda bir 
kuzatish obyektidan ikkinchi kuzatish obyektiga tez-tez ko‘chib 
turishi bilan xarakterlanadi. Yaltiroq, chiroyli, ko‘zga tez tash- 
lanadigan predmetlar bola diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bog‘cha- 
gacha bolgan yosh davridagi bolalar idroklarini qo‘yilgan va- 
zifa asosida tashkil eta olmaydilar, ulardagi bu xil idrok juda 
qisqa muddatli boladi. 0 ‘zlaridan uzoqda turgan predmetlarni 
idrok qilishda ayniqsa ko‘p xato qiladilar. Bolada idrok asta-se­
kin mustaqillashib, ma’lum maqsadga tayangan boladi, kuza- 
tuvchanlik rivojlana boradi. Bola o‘zini qiziqtirayotgan narsa- 
ga uzoq vaqt qarab, uni kuzatishi, o‘sha predmet to‘g‘risida biror 
narsani solashi mumkin.
Lekin bola hali predmet va hodisalarni har tomonlama kuza­
tib, uning asosiy, muhim tomonlarini ajratib, ayrim elementlarini 
o‘zaro boglab olishning uddasidan chiqa olmaydi. Bolada kuza- 
tuvchanlikni o‘stirishda sayr va ekskursiyalar muhim ahamiyat­
ga egadir. Bunda bolalar kattalarning rahbarligida tevarak-atrof- 
dagi predmet va hodisalarda o‘zlari uchun yangi bolgan muhim 
va qiziqarli narsalarni aniqlashga olganadilar. Rasmlarga qarash, 
o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish idrokning o'sishiga juda 
yaxshi ta’sir etadi.
Ilk yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi — predmetlarni 
olganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin