Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


13.2. Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

230


13.2. Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli
harakat faoliyatlarining rivojlanishi
Ilk bolalik davridagi bolalar so‘zlay boshlagan bo'lishiga qara- 
may, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to‘g‘ri 
idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo‘q. 
Bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida se- 
kin-asta hosil qilib boriladi.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror 
va ixtiyorsiz bo'lsa, ikki yoshga to'lgan bolalarning diqqatida yan­
gi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o‘sib ulg'aygan sari uning 
diqqati barqarorroq bo'la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko'pmi 
barqaror bo'la boshlagani shunda ko'rinadiki, bola o'zini qiziqtir- 
gan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug'ullana oladi. Ik­
ki yoshga to'lib, uch yoshga qadam qo'ygach so'zlarni tushunadi. 
So'z boyligi orta borgach, bolaning o'ziga xos bo'lgan situativ ti- 
li haqiqiy tilga aylanadi.
Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o'ziga xos xususiyatlar- 
ga hamda konkret xarakterga ega. Ular ayni chog'da idrok qilib 
turgan narsalari haqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan 
tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarida harakat 
elementlari ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham ularning tafakkur­
lari ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda tafakkurning fikriy operasi- 
yalarini, ya’ni analiz, umumlashtirish kabilarni ko'ramiz. Ular 
qo'llaridagi o'yinchoqlarini yoki qo'llariga tushgan narsalarni 
amaliy aylantirib, paypaslab, buzib analiz qiladilar. Lekin sin- 
tez qilishga hali qurbi yetmaydi. Bu yoshning oxiriga kelib tafak­
kurning o'sishida nutqning roli juda oshadi. Bola yangi so'zlarni 
mumkin qadar ko'proq bilib olib, ulardan o'z tafakkurida keng 
foydalana oladilar. Bu esa fiklash operatsiyalarining o'sishiga 
yordam beradi. Bolada so'zlar vositasi bilan analiz va sintez qi­
lish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alo- 
matlari ko'rina boshlaydi.
231


Xorij psixologi G.Craig bu yoshdagi bolalar tafakkur jarayon- 
larining 5 ta xususiyatini ta’kidlab ko‘rsatgan'.
Birinchidan, bu yoshdagi bolalarning tafakkuri konkret. Ope- 
ratsiyalargacha intellektda bolalar mavhum fikrlay olmaydilar. 
Ularning aqli «shu yerda va hozir» ro£y berayotgan jismoniy 
obyektlar bilan band bolib, ularni oson tasavvur qilishi mumkin.
Ikkinchidan, kichkina bolalarning tafakkuri bir yoqlama, 
ya’ni hodisalarning rivojlanishi va boglanishlarning hosil bo‘lishi 
bir yoqlama ro‘y beradi. Bolalar qandaydir obyektning dastlabki 
holiga qaytishi mumkinligi yoki obyektlar orasidagi boglanishlar 
ikki tomonlama bolishi mumkinligini tasavvur qila olmaydilar.
Uchinchidan, bolalarning operatsiyalargacha bolgan tafak­
kuri egotsentrik, bolaning istiqbol ramkalari bilan chegaralan- 
gan, shuning uchun ham boshqa insonning fikrini qabul qila 
olmaydi. Bolalar o‘zlari idrok qilayotgan obrazlariga diqqatini qa- 
ratganlari uchun, hamma odamlar dunyoni uningdek ko‘radi, deb 
o‘ylaydilar.
To‘rtinchidan, bu davrda bola tafakkuri obyekt yoki vaziyatni 
olchash yoki qandaydir jismoniy xususiyatida markazlashish ten- 
densiyasiga ega. Markazlashish bu obyekt yoki vaziyatning qan­
daydir xarakteristikasida diqqatning to‘planishi bolib, operatsi­
yalargacha bolgan tafakkurning asosiy belgisidir.
Beshinchidan, operatsiyalargacha bolgan davrda bolalar 
o‘zgarish jarayonlariga emas, balki obyektlarning hozirgi holati- 
ga diqqatlarini qaratadi.
Tafakkurning o‘sishda yana bir muhim bosqich shundan ibo­
ratki, ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushuncha­
larni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilari- 
ni o‘zlashtirishga muvaffaq boladi. Uch yoshga tolay deb qolgan 
bola, katta yoshdagi hamma odamlarning ishga barvaqt ketish- 
larini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga «adang endi 
barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u hayron bolib qoladi. Chun-
1

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin