Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Inson psixik rivojlanishini o'rganish metodlari muammosi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

10.3. Inson psixik rivojlanishini o'rganish metodlari muammosi
Inson xulq-atvorining shakllari oliy psixik funksiyalar va psixi- 
kaning madaniy-tarixiy rivojlanishini o'ziga xos xususiyatlari­
ni o'rganish vazifasi tadqiqotning muvofiq metodini talab qila- 
di. L.S.Vigotskiy tomonidan tadqiqotning yangi metodini ishlab 
chiqishi stimul reaksiya nazariy va eksperimental chizmasida aks 
ettirilgan hamda klassik bixeviorizmning ilmiy yondashuvlariga 
asoslangan, shakllangan eksperimentning umumiy metodiga qa- 
rama-qarshi qo'llash yo'li orqali amalga oshirilgan. L.S.Vigotskiy
179


psixik hodisalarni tadqiq qilishning yangi eksperimental-genetik 
metodini ishlab chiqqan. Shakllantiruvchi eksperiment metodi- 
ning g‘oyasi xulq-atvorning ma’lum bir shakllari genezisini (ge­
nesis — kelib chiqish payti va taraqqiyot jarayoni) yangidan yara- 
tishdan iborat, xususan, bir shakldan boshqasiga olish bosqichini 
oddiy qayd qilish emas, balki bu yangi shaklga o‘tish jarayonini 
o‘zini olganish muhim. L.S.Vigotskiyning eksperimental gene­
tik metodi psixologiyadagi tarixiylik tamoyilini amalga oshira- 
di. Tarixiy o‘rganish psixik hodisalarni tadqiq qilishga rivojlanish 
kategoriyalarini, tushunchalarini tatbiq qilishni anglatadi.
Nimanidir tarixiy o‘rganish harakatda o‘rganish demakdir. 
Bu dialektik metodning asosiy talabi hamdir. L.S.Vigotskiy o‘zi- 
ning nutq tushunchalari rivojlanishning eksperimental tadqiqoti- 
da tilning asosiy birligi sifatida so‘z tarixining empirik bosqichini 
aniqlash emas, balki so‘zlar ortida turuvchi o‘sha aloqa tizimi- 
ning funksional rolini qayd qilish vazifasini qo‘ygan. L.S.Vigot­
skiy tajribalari so‘zlar ahamiyati ortishini isbotladi va kundalik 
va ilmiy tushunchalar shakllanish jarayonining o‘zini kuzatish 
imkonini berdi. Mukammallashgan shakllantiruvchi eksperiment 
tadqiqotning genetik modellashtiruvchi metodi nomini olgan.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin