Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


X  BOB. PSIXIK RIVOJLANISHNI TUSHUNISHNING



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G


BOB. PSIXIK RIVOJLANISHNI TUSHUNISHNING
MADANIY-TARIXIY KONSEPSIYASI. L.S.VIGOTSKIY VA
UNING MAKTABI
Reja:
1. Oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi.
2. Inson psixik rivojlanishining o‘ziga xos muammolari.
3. Inson psixik rivojlanishini o‘rganish metodlari muammosi.
4. Ta’lim va rivojlanish muammolari.
5. L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy na­
zariyasi.
6
. Psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishda ikkita paradig- 
malar.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bo'lajak psixologlarga oliy psixik funksiyalarni yu­
zaga kelishi va rivojlanishi, ta’lim va rivojlanish muammolari
L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy nazariya­
si haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy:
bo‘lajak psixologlar tomonidan L.S.Vigotskiyning 
psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy nazariyasi haqida bilim, 
malaka va ko‘nikmalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv 
maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
Oliy psixik funksiyalar, involyutsiya, 
madaniy-tarixiy nazariyasi, rivojlanishning eng yaqin zonasi, ak­
tual zona.
10.1. Oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi
Yosh davrlari psixologiyasining asosini L.S.Vigotskiy (1896— 
1934) tomonidan shakllantirilgan asosiy tushunchalarning qat‘iy 
g'oyalari va tizimlari tashkil qiladi.
1920—1930-yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan psixik rivojla­
nishning madaniy-tarixiy nazariyasining asosi ishlab chiqilgan. 
Garchi L.S.Vigotskiy tugallangan nazariyani yaratishga ulgurma- 
gan bo‘lsa-da, lekin olim ijodida bolalikdagi psixik rivojlanish
172


haqida um um iy tushuncha yoritilgan edi. Keyinchalik, A .N .L e- 
ontev, A.R.Luriya, A.V.Zaparojets, D.B.Elkonin, L.I.Bojovich, 
М .I.Lisina va L.S.Vigotskiy m aktabining boshqa vakillari ishlari- 
da rivojlantirib, oydinlashtirilgan va aniqlangan. L.S.Vigotskiy- 
ning quyidagi ishlarida m adaniy-tarixiy yondashuvning asosiy 
m a zm u n i yoritilgan. «Bolaning m adaniy rivojlanish m u a m m o - 
lari» (1928), «Psixologiyadagi instrum ental metod» (1930), «Bola 
rivojlanishida vosita va belgilar» (1930), «Oliy psixik funksiyalar- 
ning rivojlanish tarixi» (1930—1931) o lim n in g juda m ashhur ki- 
tobi «Tafakkur va nutq» (1933—1934) va qator boshqalar. L.S.Vi­
gotskiy XX asrning birinchi o 'n yilligida fan sifatida psixologiyani 
inqirozga yuz tutish sabablarini tahlil qilib psixik rivojlanishning 
barcha zamonaviy t a ’limotlarida unga nisbatan yondashuv qo‘lla- 
nilganligini aniqladi, ularni biologizator, biologik to'siq yoki na- 
turalistik tabiiylik deb atagan. Biologik to ‘siq talqini bolaning 
rivojlanish va hayvonning psixik rivojlanishini bir qatorga qo‘yib, 
tenglashtiradi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin