Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Rasmiy pozitsion operatsiya bosqichi (12—15 yosh)



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Rasmiy pozitsion operatsiya bosqichi (12—15 yosh).
Rasmiy-operatsion tuzilishlar bolani taxminiy va aniq 
tayanchga ega bo'lmagan predmet doirasini tuzilishidan musta- 
qil ravishda fikr yuritish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Rasmiy 
formal fikrlash operatsiyalari asosi katta yoshdagi insonlar man-
167


tiqidir, ularga faraz va deduksiya yordamida shakllanadigan ele- 
mentar ilmiy tafakkur asoslanadi. Mavhum tafakkur rasmiy for­
mal mantiq va uyg‘unlik, kombenatorlik qoidalariga muvofiq 
bir fikrga xulosaga kelish qobiliyatini o‘zida namoyon etadi. Bu 
o‘smirga farazlarni ilgari surib tafakkur rasmiy formal mantiq va 
uyg‘unlik kombinatorlik qoidalariga muvofiq bir fikrga xulosaga 
kelish qobiliyatini o‘zida namoyon etadi. Bu o‘smirga farazlarni 
ilgari surib, ularning eksperimental tadqiqini o‘ylab topishga, 
xulosalar chiqarishga yordam beradi. Ayrim oddiy fizik qonun- 
larning birikishiga qaratilgan eksperimentda o‘smirlarning yan­
gi muvaffaqiyati, ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mayatnikning 
tebranish qonuni, sariq rangdagi suyuqlikni olish uchun rangsiz 
suyuqliklarni qo‘shish usullari, ayrim materiallari egiluvchanligi- 
ga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, tekislik bo‘ylab sirg‘anishida tezlik- 
ning ortishiga ta’sir qiluvchi omillar.
Bu vaziyatda bola operatsiyadan oldingi darajada omad uchun 
tartibsiz harakat qiladi, intellektning aniq bir darajasidagi bo­
la birmuncha darajada tashkilotchi, bir qancha variantlarni si- 
nab ko‘radi, faqat ularning orasida keraklisi yo‘q va keyinchalik 
harakat qilib ko‘rishdan voz kechadi. Rasmiy formal darajadagi 
o‘smir bir qancha urinishdan so‘ng material bilan bevosita eks­
periment o‘tkazishdan to‘xtaydi va barcha mumkin bolgan faraz- 
lar ro‘yxatini tuzishga kirishadi. Faqatgina bundan so‘ng o‘smir 
mavjud bolgan o‘zgaruvchilarni ajratib, ularning har birini o‘ziga 
xos ta’sirini o‘rganishga intilib, farazlarni ketma-ket tekshirish- 
ni boshlaydi. Barcha mumkin bolgan uyg‘unliklarni kombinat- 
siyalarni tizimli sinab ko‘rish xulq-atvorning bunday tipi yangi 
mantiqiy tuzilishlarga asoslanadi. J.Piaje ularning xarakteristika- 
si tasnifi uchun pozitsiyali propozitsional mantiq tilini qollaydi. 
0
‘smirda o‘zining bevosita tajribasi chegarasidan chiqib, katta­
lar dunyoqarashiga uyg‘unlashish nazariyani tuzish va tushunish 
qobiliyati paydo boladi. Taxminiy mulohaza o‘smirni yuzaga 
chiqishga tayyor turgan imkoniyatlar sohasiga yetaklaydi, bun­
da ideallashtirilgan tasavvurlar har doim ham sinovga uchramay-
168


di va ko‘pincha aniq dalillarga qarshilik ko‘rsatadi. J.Piaje kog- 
nitiv egotsentrizmning o‘smirlik shaklini, birmuncha darajada 
mukammal olamni yaratishga intilishda chegarasiz kuchni tafak- 
kurga muhrlab qo‘yuvchi o‘smirning sodda idealizmi deb atagan.
Faqatgina kattalarning yangi ijtimoiy rollarini o‘ziga qabul 
qilgan o‘smir qarama-qarshiliklar bilan to‘qnashadi tashqi vazi- 
yat sharoitni inobatga olishni boshlaydi, yangi sohada mutloq in- 
tellektual detsentratsiya markaziy bo'lgan ba’zi vazifalarni ma- 
halliyga berish yuz beradi. J.Piaje o'spirinlikdan yetuklik yoshiga 
o'tish davrida intellektning keyingi rivoji uni muayyan maqsadga 
yo'naltirishga doir qator muammolarni e’tirof etgan.
Hayotiy dasturlarni tuzish davrida 15 yoshdan 20 yoshga qadar 
intellekual differensiatsiya farqlanish jarayonini kuzatish mum­
kin, birinchidan shaxsiy vazifalar bilan muvofiqlikda har bir indi­
vid tomonidan o'ziga xos tarzda qo'llaniladigan umumiy-kognitiv 
tuzilishlar, ikkinchidan faoliyatning turli sohalari uchun alohida 
tuzilishlar hosil bo'ladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin