Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Suyuqlik hajmining saqlanish testi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Suyuqlik hajmining saqlanish testi.
О ‘tkazish bosqichlari
1. Dastavval bolaga bir xil miqdorda suv yoki sharbat bi­
lan to'ldirilgan ikkita stakan ko‘rsatiladi. Bola ikkala stakanda 
suyuqlik miqdori bir xilmi deb so‘raydi. Bola suvlar bir xilligini 
tushunib yetishi juda muhimdir. Dastlabki tenglikni qayd qilish 
majburiy. Baholanayotgan xususiyatning dastlabki tengligi albat- 
ta perseptiv idrokli o‘xshashlik bilan kuzatiladi, ikkala stakanda- 
gi suvlar darajasi miqdori tenglashtirilgan.
2. So‘ngra eksperimentator katta odam suvni bir stakandan 
boshqa shakldagi kengroq va pastroq stakanga quyadi. Odatda, 
eksperimentator bolaning diqqatini ushbu boshqatdan quyishga 
qaratadi. Qara, men nima qilayapman, o‘zgartirish qilinadi, bun- 
da garchi baholanayotgan xususiyatga hech ham ta’sir ko‘rsatma- 
sa-da, perseptiv idrokli o‘xshashlik buziladi.
2. 
Qayta quyilgandan keyin savol takrorlanadi. Ikkala stakan­
da suv miqdori bir xilmi, lekin albatta avvalgi dastlabki shakl- 
da bo‘lishi kerak. Odatda, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar saqlash- 
ning standart topshiriqlarini uddalay olmaydilar. Maktabgacha 
tarbiya yoshidagilar topshiriqlarni hal etayotib, J.Piaje fenomen- 
lari — fazoviy, perseptiv qayta o‘zgartirishda obyektlarning turli 
xususiyatlarini saqlash doimiylik, invariantlik haqida ularga xos 
tasavvurlarni namoyon qiladilar. Bu bolalar psixologiyasidagi eng 
ishonchli dalildir, ular har qaysi maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarda ifodalanishi mumkin. Odatda, bola stakanlardan birida- 
gi suv endi kamroqligi yoki ko‘proqligini aytadi, ya’ni persep­
tiv qayta o‘zgartirishda predmetning xususiyatlarini saqlab qo- 
lishini tushunish yo‘qoladi. Bunda saqlanib qolmaslik fenomeni 
kuzatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola obyektni idrokka 
tayanib, dolzarb yaxlit, bevosita egotsentrik sifatida baholaydi. U 
aynan holatga diqqatini yo'naltiradi va bir vaqtning o‘zida ol- 
din predmetlar qanday ko‘rinishda bo'lganligi haqida o‘ylay ol-
165


maydi, amalga oshirishgan harakat, umuman olganda qaytari- 
lishini, suv bir xil stakanlarga quyilgan bolishi mumkin, bitta 
obyektga diqqatini qaratib, suyuqlik darajasini past-balandligida- 
gi farqi bir vaqtda ikkita parametrni, stakan balandligi va keng- 
ligini e’tiborga ololmaydi. J.Piaje saqlanib qolmaslik fenomenini 
bolani yetti yoshga tolgunga qadar mantiqiy fikr-mulohaza yu- 
ritishga va detsentratsiyasiga markaziy vazifalarni mahalliyga be­
rish qodir emasligini isboti sifatida baholaydi. Bu vaziyatda ikka­
la stakandagi suvlar miqdori bir xilmi degan takroriy savolga bola 
xususiyatlar tengligini ta’kidlaydi. U belgilar saqlanib qolishini 
aytadi. Saqlanib qolish testini bajarishi aniq operatsiyalarni ish­
lash mezonidir. Eslatib olam iz, mantiqiy operatsiya — bu qay- 
tariluvchanlik bilan xarakterlanadigan aqliy harakatdir. Qaytari- 
luvchanlik, masalan, A va В hamda В va A o‘rtasidagi masofa 
tengligini tasdiqlash nisbatiga, yoki qo‘shish va ayirish munosa- 
batiga taalluqlidir. Qaytariluvchanlik tamoyilidan xayolan foyda­
lanish qobiliyati aniq operatsional tafakkur bosqichini egallash- 
ning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. J.Piaje topshiriglning 
boshqa varianti — ko‘p jihatlarni inobatga olish testi yaxlit va 
uning qismlarini taqqoslashni taklif etadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin