MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………..………………..……3-5
I BOB. HUQUQ TUSHUNCHASI HAQIDA……………………………….5-25
1.1. Huquqning tushunchasi va mohiyati……………………………………5-13
1.2. Huquqni tushunishning umumiy masalalari va ularning amaliy faoliyat uchun ahamiyati………………………………………………………..………13-25
II BOB. HUQUQ HAQIDA YONDASHUVLAR………………………….25-42
2.1. Huquqqa "normativ" yondashuv – qonuniylik va barqarorlikni ta`minlash vositasi sifatida………….……………………………………………….25-39
2.2. Huquqqa "sotsiologik" yondashuv – ijtimoiy hayotning o`sishini ta`minlash vositasi sifatida……………………………………………….………….39-42
III BOB. XULOSA………………………………………………………………43
IV BOB. ADABIYOTLAR RÓYXATI………………………..……...………..44
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatda huquq haqida tushunchani yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Insoniyat qadim zamonlardan buyon davlat va huquq masalalariga katta qiziqish bilan munosabatda bo'lib keladi. Davlat hokimiyati hamda huquqiy hayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelganligi barchaga ayon. Bu voqeliklar mustaqil O'zbekiston Respublikasi uchun ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’limva tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayabdi.
Mustaqillik yillari mobaynida yurtimizda demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiy otini qaror toptirish yo‘lida huquqiy jihatdan kо‘pgina ishlar qilindi. Respublikada davlat idoralarining, shu jumladan, huquqiy muassasalarning izchil tizimi shakllantirilmoqda.
Demokratik institutlarni hayotimizga olib kiruvchi va bozor munosabatlarini ma’rifiy shaklda joriy etishga imkon beruvchi qonunlar majmui yaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida quyidagilar ta’kidlangan: «Mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, ... globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda»1.
Ayniqsa , О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi о‘tgan mustaqil rivojlanish davrimizdagi qonun chiqarish faoliyatining gultoji bo'ldi. Konstitutsiya yosh davlatimiz chinakam mustaqilligining buyuk ramzi, yangi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar dunyoga kelishining mustahkam poydevori bo'lib xizmat qilmoqda.
Kurs ishining maqsadi: Huquq haqida tushunchani hamda huquqiy ta’lim ahamiyatini taxlil va tadqiq qilishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |