Mundarija kirish I bob. Huquq tushunchasi haqida



Yüklə 72,43 Kb.
səhifə6/12
tarix11.10.2023
ölçüsü72,43 Kb.
#154034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Huquq kurs jumisi-1

Sanksiya - huquq normasini bajarmaganlik uchun davlat organlari qo'llaydigan majburlov chorasi. Sanksiyaning turlari hayfsan, jarima, ozodlikdan mahrum etish va boshqalar bo'lishi mumkin.
Huquqiy normalarning turlari. Huquqiy normalarni ular mazmunidagi qoidalarning xarakteriga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: vako lat beruvchi, m ajburiyat yuklovchi, taqiqlovchi, imperativ (buyruq beruvchi) va dispozitiv (to'ldiruvchi).
Vakolat beruvchi normalar - ruxsat mazmunidagi normalar bo'lib, nimalarni qilish mumkinligini belgilaydi.
Majburiyat yuklovchi normalar - nimalarni qilish zarurligini belgilovchi normalar.
Taqiqlovchi normalar - nima qilish mumkin emasligini belgilovchi normalar.
Imperativ (buyruq beruvchi) normalarda qoida qat’iy talab shaklida aks ettirilib, undan biron-bir tarzda chetga chiqish mumkin emas (masalan, soliq qonunchiligi normalari).
Dispozitiv (to'ldiruvchi) normalar munosabat qatnashchilariga masalani mustaqil tarzda tartibga solish va tegishli xulq-atvor variantini tanlash imkonini beradi. Basharti, bunday imkoniyatdan foydalanilmasa, norma munosabat ishtirokchilarining shartlashuvini to'ldiradi (masalan, iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining shart-nomaviy aloqalarini tartibga soluvchi normalar). O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qator moddalarida dispozitiv normalar bo'lib, ularda, odatda: «agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo'lsa» degan izoh mavjud12.
Bajarilishi shart bo'lgan yoki, aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to'laligi bo'yicha dispozitsiyalar oddiy, tavsiflovchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo'linadi. Oddiy dispozitsiyada qilmish tavsiflab berilmaydi, balki barchaga ma’lum termin (masalan, «qasddan odam o'ldirish» termini - JKning 97-moddasi) yordamida ta’riflanadi. Tavsiflovchi dispozitsiya huquqbuzarlik belgilarining to'liq bayonini o'z ichiga oladi. Masalan, o'g'rilik o'zgalar mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishdir (JKning 169-moddasi).
Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun huquqning boshqa sohalari normalarida belgilangan maxsus qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (JKning 257-moddasi). Bu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki JKning moddalarini qo'llashda murojaat qilish zarur bo'lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega bo'lmagan, balki o'sha qonunning boshqa normasiga yoki boshqa huquqiy hujjatga havola etuvchi dispozitsiya tushuniladi.
Aniqlik darajasi bo'yicha sanksiyalarni mutlaq aniq, nisbiy aniq va muqobil sanksiyalarga ajratish mumkin.
Mutlaq aniq sanksiya huquqbuzarga nisbatan qo'llaniladigan jazoning hajmini aniq belgilaydi. Masalan, Fuqarolik kodeksiga ko'ra, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar to'laligicha qoplanishi shart.
Nisbiy aniq sanksiya huquqbuzarga nisbatan qo'llaniladigan jazoning eng kam va eng ko'p chegarasini belgilaydi. Jinoyat huquqida bunday sanksiyalar ko'p. Masalan, bosqinchilik jinoyati besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (JKning 164-moddasi).
Muqobil sanksiya sudga qonunda ko'rsatilgan bir necha jazodan birini tayinlash imkonini beradi. Masalan, firibgarlik, agar u og'ir oqibatlarga olib kelmagan bo'lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi (JKning 168- moddasi).
Ko'pincha huquq normalari muqobil va nisbiy aniq sanksiyalarning belgilarini o'zida mujassamlashtiradi, ya’ni bir necha jazo turlarini nazarda tutadi. Bunda ularning har biri uchun eng ko'p va eng kam chegara belgilanadi.
Axloq va huquq
Axloq - kishining jamiyatdagi xulqini normativ tartibga soluvchi usullardan biri. U ijtimoiy hayotning barcha sohalari - mehnat, maishiy turmush, oila, siyosat, xalqaro munosabatlar va shu kabilarga aloqador13. Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri, shu bois butun ijtimoiy ong singari uning ham tuzilishi bir xil emas. Jamiyat aksariy at qismining asrlar davomida shakllangan axloqiy tushunchalari alohida ijtimoiy guruhlarning, boz ustiga alohida individlarning axloqiga mos tushmasligi mumkin. Lekin, har holda, jamiyatdagi hukmron axloq jamiyat a ’zolari ko'pchiligining xulq-atvorini belgilab beradi. Axloqning alohida xususiyati shundan iboratki, axloq normalariga amal qilish jamoatchilik fikri orqali ta’minlanadi.
Jamiyatdagi yozilmagan xulq-atvor qoidalarining majmuidan iborat bo'lgan axloqdan farqli ravishda huquq - ma’lum yuridik shakllar, ya’ni manbalarda, jumladan qonun, farmon, qaror va huquqda namoyon bo'luvchi ijtimoiy xulq-atvor qoidalarining qat’iy ifodalangan tizimi. Huquq normalari asosan, yozma shaklda bo'ladi.
Axloqdan farqli ravishda, huquq qoidalari umummajburiy xususiyatga ega. Ularni bajarish davlatning majburlash kuchi orqali ta’minlanadi. Shu kabi ba’zi farqlarga qaramay, axloq va huquq bir qancha umumiy xususiyatlarga ega.
Axloq ham, huquq ham, umuman olganda, butun jamiyatning, demakki, aholi aksariyat qismining qarashlari va tushunchalarini aks ettirishi kerak. Ularning ijtimoiy hayotning aynan bir xil sohalarini qamrab olishini hisobga olganda, ular o'rtasida ziddiyatlar bo'lmasligi kerak. Agar bunday ziddiyat paydo bo'lsa, u huquqiy normalarni o'zgartirish orqali. ya’ni axloq foydasiga hal qilinishi zarur.
Axloq va huquq o'rtasidagi asosiy farq quyidagilarda namoyon bo'ladi:
- huquq normalari davlat tomonidan belgilangan va ruxsat etilgan bo'ladi;
- axloq normalari (ezgulik va yovuzlik, adolat va nohaqlik kabilar) esa davlatning yordamisiz o'z-o'zidan shakllanadi;
- huquq normalarida davlat irodasi, axloq normalarida esa jamoatchilik fikri ifodalanadi;
- huquq normalari, zarur hollarda, davlatning majburlov kuchi orqali, axloq normalari esa jamoatchilik fikri orqali amalga oshiriladi;
- axloq normalari ijtimoiy munosabatlarning kengroq doirasini (do'stlik, o'rtoqlik va hatto sevgini ham) tartibga soladi. Huquq esa ijtimoiy munosabatlarning torroq doirasini qamrab oladi;
- huquqda xulq-atvorni baholash mezoni «qonuniy-noqonuniy», axloqda esa «yaxshi-yomon»dan iborat; huquq normalari aniq ko'rinishga ega. Hatto, ba’zan biror tinish belgisining qayerda qo'yilganligi ham inson taqdirini hal qilishi mumkin. Rus tilida mashhur bir ibora bor: «Помиловать, нельзя казнить» («Afv etilsin, qatl etish mumkin emas»). Bunda odamning hayoti saqlab qolinishi kerak. Agar vergul «нельзя» (mumkin emas) so'zidan keyin qo'yilsa, u holda o'sha odam qatl etilishi kerak bo'ladi: «Помиловать нельзя, казнить» (Bunda buyruq «afv etish mumkin emas, qatl etilsin» ma’nosiga ega bo'ladi).
Huquq va axloq ko'pincha bir yo'nalishda harakat qiladi. Ba’zan huquq jamiyatning eskirgan axloq normalaridan xalos bo'lishiga ko'maklashadi (masalan, xun olish). Shu bilan birga, huquq axloq («ezgulik» va «adolat» tushunchalari) asosida shakllanadi. Ko'pincha, sud «sha’n va qadr-qimmatni haqoratlash», «qo'pollik» va boshqa shu kabi tushunchalarni to'g'ri tushunish maqsadida axloq qoidalariga murojaat qiladi.

Yüklə 72,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin