Mundarija kirish I bob. Huquq tushunchasi haqida



Yüklə 72,43 Kb.
səhifə3/12
tarix11.10.2023
ölçüsü72,43 Kb.
#154034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Huquq kurs jumisi-1

Ikkinchidan, huquqda ifodalangan sinfiy irodaning mazmuni moddiy ishlab chiqarish xarakteri bilan, ishlab chiqarish vositalarining to`la egasi, davlat hokimiyatini o`z qo`lida tutib turgan sinfning xarakteri bilan belgilanadi.
Uchinchidan, huquq ijtimoiy hodisa bo`lib, sinfiy iroda - davlat-normativ irodasi sifatida ifodalanadi. Huquq -davlat tomonidan o`rnatilgan muhofaza qilinadigan normalar yigindisidir.
Huquqni marksistik tushunish o`ziga xos salbiy nuqsonlarga ham ega.
Xususan:
- huquqda umuminsoniy qadriyatlarga putur etkazib sinfiy holatlarga ortiqcha ahamiyat beradi;
- huquqni haddan ziyod moddiy omillar iqtisodiy determinizm bilan bog`laydi.
Huquqni tushunishga integrativ yondashuv
Huquqni tushunish bo`yicha har xil yondashuvlar bilan tanishuv huquqning ko`p qirrali tushuncha ekanligini tasdiqlab turibdi. Bu yondashuvlarning birortasi mutlaq to`g`ri ham emas, noto`g`ri ham emas. Ularning har biridan biror foydali jihatlarni topish imkonini beradi. Shu bois huquqni tushunishda integrativ yondashuvga ehtiyoj tugiladi. Chunki, huquqni qo`llash va huquqni ijod qilish jarayonida bu nazariyalarning barcha ibratli jihatlarini umumlashtirish zarurati tug`iladi. Biroq, barcha nuqsonlarini umumlashtirish xavfini oldini olish kerak bo`ladi.
Davlat va huquqni tizimli tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 1) sistema qismlarning bir butun kompleks o‘zaro aloqadorligi ekanligi; 2) sistemaning tashqi muhit bilan uzviy birligi; 3) tahlil etilayotgan har qanday sistemaga o‘zidan yuqoriroq va kattaroq boshqa sistemaning tarkibiy elementi deb qaralishi; 4) o‘rganilayotgan sistemaning elementlari, odatda, quyi turuv­chi, kichik sistemani hosil qilishi7.
Integrativ yondashuv asosida huquqni mukammal qiluvchi, rivojlantiruvchi, inson, davlat, jamiyat talablariga javob beruvchi jihatlarni umumlashtirishga e`tibor berish zarur. Bu huquqning shaqliga ham, mazmuniga ham taalluqli xususiyatlarni qidirishni zarur qilib qo`yadi. erkinlikning adolatli o`lchovlari huquqning mazmunini tavsiflaydi, shaqliy jihatini esa davlat tomonidan majburlovga asoslanuvchi majburiylik tashkil etadi. Shu bois, amaliyotchi (sudya, prokuror, militsiya xodimi, yuriskonsult) uchun qaysi normativ hujjatda, qanday huquqiy munosabat, qanday huquqiy ongda ifodalangan erkinlik va adolatni emas, muayyan jamiyatda muhofaza qilinadigan erkinlik va adolatni himoya qilish muhim. Aks holda noroziliklar, janjallar, har qanday adolatni toptashlarga yo`l ochiladi.
Shunday qilib, huquq amalda mutlaqo mukammal talabga javob beradigan bo`lmay, vaqt va makon shart-sharoitlariga qarab o`zgarishlar, to`ldirishlar, yangilanishlarga muhtoj bo`ladi. Shu bois huquq ijodkorligining samarali bo`lishini ta`minlash maqsadida huquqqa har xil yondashuvlardan foydalanish, huquqning har xil ta`riflarini o`rganib ularni sintez qilish yaxshi samara beradi. Huquq nima degan bahslar asosida juda ko`p amaliy muammolar: huquqning asoslari, huquqning manbalari, huquqning ta`sir doirasi, huquqning samaradorligi, huquqdagi ziddiyatlar hal qilinadi.
Xulosa qilib, huquqning integrativ ta`rifini keltiramiz. Huquq - jamiyatda tan olingan va rasmiy muhofaza bilan ta`minlangan tenglik va adolat me`yorlari, erkin xohish irodalarini mutanosiblashtiruvchi, ularning o`zaro kurashlarini hamda o`zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me`yorlar majmuidir.
Huquq va uning belgilari. Huquq-davlat tomonidan o'rnatilgan yoki ma’qullangan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalarining tizimi.
«Huquq» iborasi ikki ma’noda qo‘llaniladi. Obyektiv huquq-umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig'indisi. Bu normalar u yoki bu insonning, subyektning irodasi hamda xohish-istagidan qat’iy nazar mavjud boiadi. Subyektiv huquq-muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli boigan huquq8. Masalan, fuqaro Aliyevning ma’lum narsaga, aytaylik, avtomobilga nisbatan mulk huquqi. Subyektiv huquq yuridik jihatdan shaxs erkinligini ta’minlaydi, unga mustaqillik beradi va tashabbus ko'rsatishiga imkon yaratadi. Subyektiv huquq obyektiv huquqqa asoslanadi, obyektiv huquq bo’lmasa, subyektiv huquq ham bo’lmaydi. Subyektiv huquq insondan (yoki tashkilotdan), ya’ni huquqdor shaxsdan ajralmagan holda mavjud boiadi.
Huquq davlat bilan chambarchas bog’langan. Davlatsiz huquq bo’lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni shakllantiradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi.
O‘z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud bo’lishi mumkin emas. Aks holda, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bo’ladi.
Huquqning asosiy belgilari quyidagilardir:
a) davlat yoini bilan o'rnatilishi;
b) barcha uchun majburiyligi;
d) huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi;
e) subyektiv huquqlar orqali harakat qilish;
f) davlat tomonidan ta’minlanganligi.
Huquq adolatdan ajralmasdir. Rim huquqida huquqning halol yashash, o'zgalarni xafa qilmaslik, har kimga kerakligini berish kabi qoidalari yozib qo'yilgan edi. Huquq ezgulik va adolatlilik san’atidir. Huquqda adolat mezoni ifodalanadi.

Yüklə 72,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin