Mundarija kirish I bob. Huquq tushunchasi haqida



Yüklə 72,43 Kb.
səhifə7/12
tarix11.10.2023
ölçüsü72,43 Kb.
#154034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Huquq kurs jumisi-1

Huquq tizimi. Huquq - ichki yaxlitligi va o'zaro muvofiqligi bilan ajralib turadigan muayyan tizim. Lekin, boshqa tizimlar kabi, huquq ham huquq tarmoqlaridan iborat kichik tizimlarga bo'linadi14.
Davlatning yuridik normalari yig'indisi uning huquqini tashkil etadi. Huquqiy normalar turli-tuman bo'lib, ular o'zaro mustahkam bog'langan, muvofiqlashgan va yaxlit huquq tizimini tashkil etadi.
Huquq tizimi turli-tuman, lekin o'zaro mustahkam aloqada bo'lgan yuridik normalar yig'indisidir.
Huquq tizimi katta tarkibiy qismlar bo'lmish huquq tarmoqlariga bo'linadi. Davlatdagi ijtimoiy munosabatlaming xilma-xilligi tarmoqlarga bo'lishning asosini tashkil etadi. Aynan shu munosabatlar huquqiy boshqaruvning predmetini tashkil etadi. Ijtimoiy munosabatlaming har bir m a’lum turi (oila, mehnat munosabatlari va hk.) tegishli huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Bu normalar huquqiy tartibga solish predmetiga ko'ra (ya’ni ijtimoiy munosabatlarning ma’lum turiga ko'ra) huquq tarmoqlariga bo'lingan.
Huquq tarmog'i jamiyat hayotining m a’lum sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi o'zaro bog'liq yuridik normalar yig'indisidir.
Har bir tarmoqning huquqiy tartibga solish predmeti o'z xususiyatlariga ega. Bu esa ushbu munosabatlardagi huquqiy tartibga solishning o'ziga xos jihatini belgilaydi. Huquqiy tartibga solish usuli, huquq tizimini tarmoqlarga bo'lishning qo'shimcha asosidir.
Huquqiy tartibga solish usuli huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko'rsatishiga yordamlashadigan yo'llari, usullari, vositalarining yig'indisidir. Masalan, fuqaroviy-huquqiy usulda mulkiy munosabatlaming ishtirokchilari mustaqil va bir-biriga qaram emasligi, ular o'z xohishlariga ko'ra o'z mulklaridan foydalanish huquqiga ega ekanligi nazarda tutiladi. Fuqarolik muomalasi ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlar tomonlar ishlab chiqqan shartlar hamda ularning huquq va majburiyatlari erkin ravishda belgilab qo'yilgan shartnoma asosida yuzaga keladi. Fuqaroviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari o'rtasidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi. Davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solishning bir usulini talab qiladi. Buyerda tomonlar bir xil huquqqa ega emas, ulardan biri ikkinchisiga bo'ysunadi. Tomonlardan biri boshqasiga nisbatan hukmron mavqega ega bo'ladi.
Shunday qilib, m a’muriy-huquqiy munosabatlaming (huquqning aynan shu tarmog'i davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi) asosiy usuli hokimiyatni boshqarish usuli bo'lib, unda davlat organlaridan biri ikkinchisiga bo'ysunadi.
Huquqiy tartibga solish predmeti-ushbu huquq tarmog'ining normalari ta’sir o'tkazadigan munosabatlar, huquqiy tartibga solish usuli esa - ushbu ta’sir o'tkaziladigan vosita.
O‘zbekiston huquq tizimi huquqning quyidagi asosiy tarmoqlarini o‘z ichiga oladi:
- konstitutsiyaviy huquq; m a ’muriy huquq; fu q a ro lik huquqi;
- jinoyat huquqi; yer huquqi; agrar huquq; mehnat huquqi; ijtimoiyta'minot huquqi; ekolog ik huquq; moliyaviy huquq; fuqarolik -protsessual huquq;
- jinoyat-protsessual huquq; xojalik-protsessual huquq15.
Konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat huquqi asosiyhuquq tarmoqlari deb hisoblanadi.
Yuqorida sanab o ‘tilganlarning dastlabki o‘ntasi moddiy huquq tarmog'i bo'lsa, keyingi uchtasi protsessual huquq tarmog‘idir.
Huquq tizimida ikkita huquqiy makonni ajratib ko‘rsatish mumkin: ommaviy huquq va xususiy huquq. Ommaviy huquq davlat bilan fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Bu hokimiyat va bo'ysunish munosabatlaridir. Ommaviy huquq doirasiga konstitutsiyaviy, ma’muriy, jinoyat, jinoyat-protsessual, soliq huquqi sohalari kiradi.
Xususiy huquq o'zaro majburiyatlar asosida huquqlarga ega bo'luvchi subyektlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, bu yerda munosabat ishtirokchilari tengdirlar. Xususiy huquq doirasiga fuqarolik, mehnat va oila huquqi sohalari kiradi. Huquqning ommaviy va xususiy huquqqa bo'linishi Qadimgi Rim huquqi davridan buyon mavjud bo'lib, bunga qariyb ikki ming yilcha bo'lgan.
Konstitutsiyaviy huquq konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini, mamlakatning davlat tuzilishini, Prezident, Oliy Majlis, hukumat, sud tizimi, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining huquqiy maqomini mustahkamlab qo'yadi.
Ma’muriy huquq davlat boshqaruvi, ijroiya hokimiyat sohasi (hukumat faoliyati, ijroiya hokimiyatning boshqa organlari)da yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik huquqi mulkiy va u bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlar (ismga ega bo'lish huquqi, sha’n va qadr-qimmatni himoya qilish, mualliflik huquqi va hk.)ni tartibga soluvchi huquq sohasidir.
Jinoyat huquqi yordamida davlat qanday ijtimoiy xavfli qilmishlarning jinoiy ekanligini va ularni sodir etganlik uchun qanday jazolar tayinlanishi mumkinligini belgilab beruvchi normalarni o'z ichiga oladi. Bu normalar O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jamlangan.
Yer huquqi yerga egalik qilish. undan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Agrar huquq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi tarmoqdir.
Mehnat huquqi - mehnat munosabatlarining kelib chiqishi, o'zgarishi va to'xtatilishi shartlarini belgilovchi, ish kuni va dam olishning davomiyligini, mehnat intizomi, o'smirlar, ayollarni muhofaza qilish kabilarni belgilovchi huquqiy normalarning yig'indisi.
Fuqarolik-protsessual huquq normalari sudlarning fuqarolik, oilaviy. mehnat, yer bilan bogiiq va moliyaviy munosabatlar kabi bir qator munosabatlar sohasidagi faoliyatini tartibga soladi.
Fuqarolik-protsessual huquqqa ishlarning xo'jalik sudlari tomonidan ko'rib chiqilishi tartibini boshqaradigan xo'jalik- protsessual huquqi yaqin turadi.
Jinoyat-protsessual huquq sudlov, tergov, prokuratura organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko'rib chiqish faoliyatini tartibga soladi16.
Huquq instituti huquq tarmog'i tarkibidagi malum munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar yig'indisidir. Huquq tarmog'i huquq institutlaridan tashkil topgan. Masalan, konstitutsiyaviy huquq inson va fuqaroning huquqlari va erkinliklari, prezidentlik, hukumat kabi institutlarni o'z ichiga oladi. Fuqarolik huquqi esa rnulk huquqi. majburiyat huquqi, mualliflik huquqi, meros huquqi kabi institutlarni qamrab oladi.
Davlatning ichki (milliy) huquq tizimidan tashqari, xalqaro huquq tizimi ham mavjud. Uning prinsiplari va normalari davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ushbu huquqning boshqa subyektlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Xalqaro huquq tizimi bir necha tarmoqlardan tashkil topgan bo'lib, misol tariqasida quyidagilarni sanab o'tish mumkin: xalqaro tashkilotlar huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi, diplomatiya va konsullik huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqalar.
O'z navbatida, xalqaro huquq tarmoqlari insiitutlardan tashkil topgan. Masalan. xalqaro dengiz huquqi hududiy havzalar. ochiq dengiz. quruqlik yerlari va boshqalarni o'z ichiga oladi.
3. Huquqqa «normativ» yondashuv - qonuniylik va barqarorlikni ta`minlash vositasi sifatida
O`zbekistonda keng tarqalgan huquqqa yondashuvlardan biri - normativ yondashuvdir. Huquqni davlat tomonidan muhofaza qilinadigan normalar majmui deb tushunish huquqiyqoidalarning me`yoriy hujjatlarda ifodalangan mazmuni bilan fuqarolar va boshqa ijrochilarga bevosita tanishish imkonini beradi va o`z harakatining huquqqa mosligini aniqdashga yordam beradi.
Huquqni tushunishning normativ nazariyasi XX asrda o`zining mantiqiy tugallangan shaqliga ega bo`ldi. Mazkur nazariyaning namoyandalari Shtammler, Novgorodtsev, Kelzen va boshqalardir. Bu nazariyaning asosiy g`oyalari:
- huquq - normalar tizimi, ehromi bo`lib, uning eng yuqorisida asosiy norma bo`ladi, bu norma qonun chiqaruvchi tomonidan belgilanadi, quyi normalar yuqoridagi normalardan kelib chiqadi;
- yuridik fanlar huquqni sof shaklda o`rganishi kerak, u siyosiy, iqtisodiy baholardan xoli bo`lishi lozim.
Huquqni bunday tushunishning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Avvalo ijobiy jihatlari xususida:
Birinchidan, huquqning normativ nazariyasida huquqning eng muhim normativlik xarakteri ta`kidlanadi. ezgulik, ayniqsa, umumiy va barqaror bo`lsa, u umumiy qoidaga aylanadi.
Ikkinchidan, normativlik huquqning shaqliy aniqligi bilan chambarchas bog`liq bo`lib, huquqiy talablarga asoslanish imkonini beradi.
Uchinchidan, huquqning buzilish holatlarida davlat majburlovi choralari belgilanadi.
To`rtinchidan, qonunsizlik va zo`ravonlik rejimiga qonuniylik qarama-qarshi qo`yiladi.
Beshinchidan, qonuniy kuchga kirayotgan iroda adolatli, axloqiy, ilg`or bo`lishi shart.
Oltinchidan, yuridik amaliyot mobaynida ijtimoiy munosabatlar qonunga asoslanib chiqarilgan hujjatlar asosida normativ tarzda tartibga solinadi.
Yettinchidan, ijtimoiy taraqqiyotga davlat ta`sir etishining keng imkoniyatlarini tan oladi17.
Mazkur nazariyaning ushbu ijobiy jihatlari shubhasizdir. Ayniqsa, davlatning huquq orqali ijtimoiy taraqqiyotga samarali ta`siri, jamiyat manfaatlarini ifodalashi, insonparvarlik, adolat, ozodlik qadriyatlariga asoslanishi g`oyat muhimdir.
Huquqni normativ tushunish barqarorlik, tinchlik-oso-yishtalik hukmron bo`lgan mamlakatlarda katta samara beradi. Agar qonunlar o`z vaqtida yangilanib borsa, demokratik talablarga rioya qilinsa, huquqiy normalarda xalqning ilg`or kayfiyati, g`oyalari ifodalansa, huquqni bunday tushunish e`tirozlarga sabab bo`lmaydi.
Huquqni normativ tushunishning salbiy jihatlari:
- shaxsning tabiiy huquqlarini cheklaydi, davlat yaratgan huquqlarning ustuvorligiga asoslanadi;
- huquqni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy omillardan ajratib qo`yadi;
- yuridik normalarning ustunligini tan olish oqibatida eski huquq normalarining ham qo`llanishiga yo`l qo`yadi;
- odat huquqi, shartnomalarni huquq manbai sifatida etarli inobatga olmaydi.
Huquq manbalari
Xulq-atvor qoidasi huquqiy normaga aylanishi uchun malum yuridik shakl olishi kerak. Bunday o'zgarish davlatning huquq ijodkorligi faoliyati natijasida yuzaga keladi.
Natijada qonun chiqaruvchi organning irodasi bajarilishi majburiy bo'lgan muayyan huquqiy hujjatda o'z ifodasini topadi. Huquq manbai deganda. uni obyektiv ifodalash usullari tushuniladi. Huquq manbalarini quyidagi asosiy turlarga bo'lish qabul qilingan:
- huquqiy odat;
- yuridik pretsedent;
- normativ-huquqiy hujjat;
- xalqaro-huquqiy normalar;
- diniy normalar.

Yüklə 72,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin