Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Крайг Г. Психология развития. С.647—653



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Крайг Г. Психология развития. С.647—653.
413


В) 
boshqalarga nisbatan g‘amxo‘rlik (hamdardlik, hurmat, 
chidamlilik);
D) emotsional xavfsizlikni fundamental his qilish (o‘zini na­
zorat qilish, o‘zini qabul qilish);
E) borliqni real idrok qilish va harakatlardagi faollik;
F) o‘z-o‘zini tushunish, ichki tajribasini vaziyatga ko‘chirish;
G) «hayot falsafasi», tajribani tartibga soladi, tizimlashtiradi va 
individual xatti-harakatlarga ma’no beradi.
18.2. Yetuklikni davrlashtirish muammosi
Yetuklikning bosqichlari turli olimlar tomonidan turlicha tal- 
qin qilingan. Yetuklik davrini birinchilardan bolib davrlashtir- 
gan Sh.Byuler o‘z-o‘zini aniqlashni asos qilib, yetuklikning besh- 
ta bosqichini ajratgan:
Birinchi bosqich (16—20 yosh) shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashdan 
oldin keladi.
Ikkinchi bosqich (16-20 yoshdan 25-30 yoshgacha) - urinib 
ko‘rish va izlash bosqichidir (kasb, umr yoldosh va b.). Bu davr- 
da hayotiy maqsadlar noreal bolib, o‘zgarib turadi.
Uchinchi bosqich (25-30 yoshdan 45—50 yoshgacha) - yetuk­
lik davri: inson hayotda o‘z o‘rnini topadi, oila quradi. 40 yosh- 
larda shaxs o‘zining hayotda erishgan natijalariga qarab o‘zini ba- 
holay boshlaydi.
To'rtinchi bosqich (45—50 yoshdan 65—70 yoshgacha) — qar- 
tayayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo‘yish 
va faol o‘z-o‘zini belgilashning yo‘qolishi.
Beshinchi bosqich (70 yoshdan keyin) — qari inson: o‘tmishni 
eslash va tinchlikni xohlash.
Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B.Divexud 
kattalar hayotidagi 7 yillik bosqichlarni ajratgan Uotering davr- 
lashtirishini misol sifatida keltiradi1.
1 Дивухуд Б. Кризисы жизни — шансы жизни. Развитие человека между
детством и старсотью. Калуга 1994.
414


21—28 yosh — hayotiy bazisni egallash;
28—35 yosh — topilgan hayot asoslarini tasdiqlash;
35-42 yosh - ikkinchi jinsiy yetilish, kasbiy maqsadlarga 
yo‘nalganlik;
42—49 yosh — maniakal-depressiv davr;
49-56 yosh - shaxsiy qartayish bilan kurash;
56—63 yosh — donolik;
63-70 yosh - o‘z hayotida yana muvaffaqqiyatga erishish 
mumkinligini anglash, «ikkinchi yoshlik» imkoniyati.
Lekin inson hayot yo‘lini bunday davrlashtirish tavsiflovchi 
xarakterga ega bo'lib, jiddiy empirik asoslarga ega emas.
Antropologlar va fiziologlar tomonidan yetuklikning quyi 
chegarasini 17 yoshdan (D.Birren), 21 yoshdan (D.B.Bromley), 
20
yoshdan ayollar, 21 yoshdan erkaklar (xalqaro klassifikatsiya 
bo‘yicha), 25 yoshdan (W.Bunak) boshlanadi, deb hisoblashgan. 
0
‘rta yetuklik chegaralari ham turli olimlar tomonidan turlicha 
ko‘rsatilgan: 20 yoshdan 35 yoshgacha (D.Veksler), 25 yoshdan 
40 yoshgacha (D.Bromley), 25 yoshdan 50 yoshgacha (D.Birren), 
36-60 yoshgacha (yoshning xalqaro klassifikatsiyasi bo‘yicha).
Yetuklikning yuqori chegarasi va keksalikning boshlanishi 
haqida ham turlicha qarashlar mavjud: 55 yoshdan (W.Bunak, 
W .Ginzburg, D.Bromley, D.Veksler), 60 yoshdan (G.Grim va 
ko‘pchilik demograflar), 75 yoshdan (D.Birren).
Ilk yetuklik (yoshlik) bosqichi saylov huquqiga ega bo‘lish, 
to'liq huquqiy va iqtisodiy javobgarlik, ijtimoiy faollikning barcha 
turlari bilan shug'ullanish imkoniyati bilan tavsiflanadi. Bu bos­
qichda hayotiy muhim qarorlar qabul qilinadi, kasbiy ta’lim olish 
tugallanadi, kasbiy rollar egallanadi, ma’lum muloqot doirasi 
shakllanadi. Ko‘pchilik oila qurgan va birinchi farzandli bo‘li- 
shadi, er-xotin va ota-ona rollari egallanadi va amalga oshiriladi.
0
‘rta yetuklik davridagi insonlar keksalik davriga o‘tayot- 
gan ota-onalari va ota-ona uyidan alohida chiqib mustaqil hayot 
boshlayotganlar orasidagi holatni egallaydi. Odatda, ular ijtimoiy 
tomondan moddiy mustaqil emaslik, kasbiy faoliyatda yuqori da-
415


rajaga erishganligi tufayli oila boshlig'i, boquvchisi, jamiyatni 
boshqaruvchi bo‘ladilar.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin