Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni
Tarbiya vositalari sifatida tashkil etilgan va tashkil etilma- 
gan ta’sirlar tushunilib, ular yordamida bir guruh insonlar —
522


tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga — tarbiyalanuvchilarga 
ma’lum psixologik sifatlar va xulq-atvor hosil qilish maqsadida 
ta’sir o‘tkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik ta’sir 
vositasida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchining shaxsiyati- 
ni o‘zgartirish uchun qollanilgan harakatlar tushuniladi. Ular 
qatoriga ta’limning barcha turlarida ishontirish, majburlash, ij­
timoiy talablar, tashqi ta’sirlarni va inson harakatlari shaklini 
o‘zgartirish bilan bogliq bolgan holatlar kiradi. Tarbiya vosita- 
lari sifatida o‘ziga xos o‘rinni kompleks, global va har taraflama 
o4kaziladigan ta’sirlar egallaydi. Ular qatoriga, masalan, psixo- 
terapiyani, ijtimoiy-psixologik treningni va boshqa psixokorreksi- 
ya turlarini ko‘rsatish mumkin.
Tarbiya vositasi bo‘lib, tarbiyachining shaxsiy namuna b o li­
shi, atrofdagi odamlarning ko‘rsatayotgan xulq-atvori, xatti-ha- 
rakati, pedagogik, badiiy, ommaviy va boshqa adabiyotlarda kel- 
tirilgan va yuqori baholangan lavhalar ham hisoblanadi. Insonga 
ta’sir etib, uning psixologiyasi va xulq-atvorini o‘zgartirishi mum­
kin bolgan har qanday narsa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladi.
Tarbiya vositalarini odamga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra ik­
ki guruhga: bevosita va bilvosita ta’sirlarga ajratish mumkin. Bu- 
lardan birinchisi bir odamning boshqasiga bevosita ta’siri, ya’ni 
bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishi hisoblansa, ikkin- 
chisi, qandaydir vositalar orqali o'tkaziladigan ta’sir, ya’ni bunda 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘zaro aloqa qilmaydi (masalan, ki- 
tob o£qish va b.).
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining anglashi nuqtayi nazari- 
dan kelib chiqilsa, tarbiya jarayonida uning vositalarini aniq va 
mavhum turlarga bolish mumkin.
Anglangan tarbiya vositasi qollangan taqdirda tarbiyachi 
anglagan holda o‘z oldiga aniq, anglangan maqsad qo‘yadi, tarbi­
yalanuvchi u haqida biladi va uni qabul qiladi. Agar mavhum vo­
sitalar ta’siri qollanilganda sinovdagi tarbiya ta’siri anglanmagan 
holda kechadi, tarbiyachi anglab nazorat olib bora olmaydi ham­
da oldindan o‘ylangan yanglish ta’sir kelib chiqadi.
523


Tarbiya ta’siri qanday tarbiya obyektiga qaratilganligiga ko‘ra 
uning vositalari quyidagicha bo‘linadi: emotsional, kognitiv va 
xulqiy. Tajribada ko‘proq ular kompleks tarzda uchraydi.
Har bir ko‘rsatilgan tarbiya vositalari o‘zining kuchli va ojiz to- 
monlariga ega. Masalan, bir odamning ikkinchi bir odamga tarbi­
yaviy ta’sirining o'ziga xosligi va yutuqlari shundan iboratki, bunda 
tarbiyaning quyidagi turlari ishlatiladi: uqtirish, taqlid qilish va maj- 
burlash, o‘z navbatida bu usullar asosida ta’limning effektiv mexa- 
nizmi yotadi. Bu usul qollanilganda tar
Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin