Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

23.4. Pedagogik qobiliyatlar
Pedagogik faoliyatdagi muhim jihatlardan biri bu pedagogik 
qobiliyatdir.
Pedagogik qobiliyat - bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, ki- 
shining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan 
muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi.
Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qo­
biliyatlar murakkab va ko‘pqirrali psixologik bilimlardan iborat- 
ligini ko'rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydala- 
nib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan 
qator komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
550


• Didaktik qobiliyatlar.
•Akademik qobiliyatlar.
•Perseptiv qobiliyatlar.
•Nutq qobiliyati 
•Tashkilotchiiik qobiliyati 
•Avtoritar qobiliyat 
•Kommunikativ qobiliyatlar. 
•Pedagogik xayol.
•Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
1. 
Didaktik qobiliyatlar. Bu bolaga o‘quv materialini aniq va 
ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga 
qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni rivojlantira ola- 
digan qobiliyatdir.
Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi zarurat tug‘il- 
ganda 
qiyin o ‘quv materialini osonroq,
murakkabrog‘ini sodda- 
roq, tushunish qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib, o‘quvchilarga 
moslashtirib yetkazib bera oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog 
N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko‘ra bi­
lish xarakteridagi matnda o'qituvchining fikri bo'yicha ayrim 
sinf o‘quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohi- 
da ko‘rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib 
berish, shundan so‘ng esa matnni o'quvchilarga yengil va ular- 
ning o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya eti- 
ladi.
Qobiliyatli o‘qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o'zlash- 
tirish, o‘quvchilarni diqqat-e’tiborini jalb qilishni ham nazarda 
tutadi. Bunday o'qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha dars- 
ni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars 
o‘quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib,
PEDAGOGIK 
QOBILIYATLAR
551


miya faoliyatini tormozlaydi va o‘qituvchining so‘zlari yetarlicha 
idrok qilinmaydi.
2. Akademik qobiliyatlar - o‘qituvchining o‘zi o‘qitadigan 
fani, shuningdek, boshqa fanlar sohasiga xos bo‘lgan chuqur va 
keng bilimlarga ega bo‘lish qobiliyatidir.
Akademik qobiliyatli o‘qituvchi faqat o‘z fani doirasidagina 
emas, balki atroflicha keng, chuqur bilimlarga ega bo‘lib, bu so- 
halarda erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda ku- 
zata borib, ularni dars jarayonida o‘quv materiali sifatida qo‘llay 
oladi, hamda kichik tadqiqot ishlarini olib boradi. Ko‘pchilik 
tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‘qituvchi o‘z fani bo'yi- 
cha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi, boshqalarni qoyil 
qilib hayratda qoldirishi, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota oli- 
shi uchun yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli keng 
dunyoqarashli odam bo‘lmog‘i lozim.
3. Perseptiv qobiliyatlar — bu psixologik kuzatuvchanlik, 
o‘quvchi shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobat- 
ga olgan holda yondashish, o‘quvchining vaqtinchalik psixik ho- 
latlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.
4. Nutq qobiliyati — o'qituvchining o‘z his-tuyg‘ularini nutq 
yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordami- 
da aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o‘qituv- 
chilik kasbidagi muhim xislatlardan biri hisoblanadi. Chunki 
o‘qituvchidan o‘quvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi 
signal tizimi - nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan 
uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. 
0
‘qituvchi 
nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va o‘quvchilar uchun 
tushunarli bo‘lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzi- 
lishi kerakki, bunda o‘quvchilarning diqqat-e’tibori yuqori dara- 
jada faollashtirilishi lozim. Qobiliyatli o‘qituvchining nutqi jon- 
li, obrazli, intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy bo‘lib, bunda 
stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo‘lmasligi lozim. Bir xil 
ohangdagi nutq o‘quvchilarni juda tez toliqtiradi. Shu bilan bir­
ga bunday nutq I.P. Pavlovning flziologik ta’limotiga ko‘ra, do-
552


imiy ta’sir etuvchi qo‘zg‘atuvchiga aylanib, bosh miya katta ya- 
rim sharlar po‘stlog‘ida tormozlanish jarayonini yuzaga keltiradi.
Nutq tezligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining individual psixologik 
xususiyatlariga bog‘liq.
Shoshqaloq nutq bilim o‘zlashtirishga xalaqit berib, bolalarni 
tez toliqtiradi va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga kelti­
radi. ОЧа sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo‘ladi. Nutqning 
balandligi qattiq gapirish ham xuddi shu singari hollarga olib ke- 
ladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish 
0
‘quvchi- 
larning asabiga tegib, ularni tez toliqtiradi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati — bu dars jarayoni va darsdan 
tashqari faoliyatlarni tashkil eta bilish, o‘quvchilar jamoasini 
uyushtira bilish va jipslashtira olish, shuningdek, o‘z shaxsiy ish- 
larini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
0
‘qituvchining o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning 
o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tu- 
tiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtga nisbatan o‘ziga xos sezuv- 
chanlik — ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, mo‘ljallangan 
vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Dars 
davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham 
mumkin. Lekin bu yo'qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tu- 
zilgan hollarda bo'lishi mumkin. Tajribali o‘qituvchilar vaqtni 
seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni 
nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jum- 
ladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida ma- 
bodo, ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish 
uchun qanday qo‘shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt yet- 
may qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish 
mumkinligi haqida maslahat beradilar.
6
. Avtoritar qobiliyati — bu o‘quvchilarga bevosita emotsio- 
nal-irodaviy ta’sir etib, ular o‘rtasida obro‘ orttira bilishdan ibo- 
rat qobiliyatdir.
Avtoritar qobiliyat o‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy ud- 
daburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi ka-
553


bi irodaviy xislatlar hamda qator shaxsiy fazilatlarga, shu bilan 
birga o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, 
uning e’tiqodi, o‘quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni sing- 
dira olish kabi xislatlarga ham bog‘liqdir.
7. Kommunikativ qobiliyati — bu bolalar bilan muloqotda 
bo‘lishga, o‘quvchilarga bo‘lgan munosabatda to‘g‘ri yo‘l topa bi- 
lishga, ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq 
o‘zaro aloqa bog‘lashda pedagogik taktning mavjudligiga qaratil- 
gan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog I.V.Stra- 
xov benihoyat katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, bunda mu- 
himi — o‘quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa 
bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga muvofiq pedagogik 
choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga 
olish, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning im- 
koniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarni hisobga olish 
zarurdir.
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri - har qanday 
pedagogik ta’sirga nisbatan qollaniladigan chora-tadbirlarni 
(rag'batlantirish, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iborat- 
dir. Mahoratli o‘qituvchi bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan 
qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisob- 
lashadi.
Pedagogik taktning yo‘qligi ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib 
keladi. 
0
‘qituvchining pedagogik takti masalasi haqida so‘z ket- 
ganda shuni ham aytish joizki, qachon o‘quvchilar o‘qituvchining 
ijobiy xislatlari to‘g‘risida gapirar ekanlar, ular hamisha 
0
‘qituv- 
chining adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o‘ringa qo'yadilar.
8
. Pedagogik xayol - bu kishining o‘quvchilar shaxsini tar­
biyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining 
natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon boladigan qobiliyat­
dir. Bu qobiliyat o‘qituvchi ma’lum o‘quvchidan kelgusida kim 
chiqishini ko‘z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki 
bu xildagi xislatlarning rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida
554


namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiya- 
ning kuchiga, o‘quvchilarga bo‘lgan ishonch bilan bogliqdir.
9. 
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqt- 
ning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namo­
yon bo‘lib, 
0
‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida o‘z 
diqqat-e’tiborini o‘quv materialining mazmuniga, uning qanday 
bayon etilishiga, o‘quvchi fikriga qaratadi va shu bilan bir qatorda 
barcha o‘quvchilarni kuzatib, ularning hissiy-emotsional holatlari- 
ga, e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga 
ahamiyat berib, 
0
‘quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqi- 
bat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga ham (yurish-turishiga, 
o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e’tibor beradi. Taj- 
ribasiz o‘qituvchi, ko‘pincha o‘quv materialini bayon etishga be- 
rilib ketib, 
0
‘quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qola- 
di va nazoratdan chiqarib qo‘yadi, agar, bordi-yu, o'quvchilarni 
diqqat-e’tibor bilan kuzatishga harakat qilsa, bunday hollarda o‘z 
bayonotining izchilligini yo'qotib qo‘yadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari, o‘qituvchi 
inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnat- 
sevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy xislatlariga ega bo‘lishi lozim.
U o'quvchilarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulq-atvori, yu- 
rish-turishi, xullas, butun o‘qituvchilik shaxsi bilan o‘quvchilar- 
ga o‘rnak bo‘lishi kerak.
0
‘qituvchining o‘zini qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga 
egadir.
Xulosa qilib, shuni aytish joizki, o‘qituvchining barcha ijobiy, 
umuminsoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari o‘quv- 
tarbiyaviy jarayonda katta ahamiyatga ega.
N.Y.Kuzmina o‘qituvchi faoliyatidagi ba’zi qobiliyatlarga mu- 
vofiq keluvchi asosiy tarkibiy qismlarga konstruktivlik (pedagogik 
maqsadga mos keluvchi materialni tanlay olish va uni namoyon 
etish vositalarida aks etadi), tashkillashtirish, kommunikativ- 
lik (tarbiyalanuvchilar bilan muloqot o‘rnata olish qobiliyati) va
555


gnostik (bilimlardan foydalanish va qo‘llay olish qobiliyati) qo- 
biliyatlarini kiritadi. Bundan tashqari, N.V.Kuzmina pedagogik 
qobiliyatlarga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasawur, 
pedagogik takt, diqqatning taqsimlanishi, talabchanlikni ham 
kiritadi.
0
‘z ishini muvaffaqiyat bilan olib borishi uchun pedagog bir 
qator zarur bolgan umumiy va maxsus qobiliyatlarga ega boli- 
shi kerak. Umumiy qobiliyat deganda, har qanday inson faoliya- 
tida yuqori natijalarga erishish mumkin bolgan, maxsus qobiliyat 
esa bolalarga ta’lim va tarbiya berishda yutuqlarga erishish mum­
kin bolgan pedagog faoliyati davomidagi kerakli qobiliyat tu- 
shuniladi. Umumiy qobiliyatlar faqatgina pedagogik faoliyat bilan 
bog‘liq bolib qolmaydi, maxsus qobiliyatlar esa pedagogik faoli­
yat samaradorligiga bevosita to‘liq ta’sir ko‘rsatadi.
Bu barcha maxsus qobiliyatlar — ta’lim berish, o‘qitish, 
o‘rgatish uchta o‘zaro boglangan bilim olish, malaka oshirish va 
ko‘nikma hosil qilishning jihatlaridir. Ular ontogenezda qachon 
va qanday shakllana boshlanishini, shuningdek, qanday qonuni- 
yatlar bo‘yicha rivojlanishini aniq aytish qiyin. Ulardan qaysi- 
laridir tug‘ma hisoblanib, zehn ko‘rinishida mavjud boladi, hol- 
buki hozirgacha ilm-fan bu narsalar to‘g‘risida aniq ma’lumot 
bera olmaydi. Boshqa qobiliyatlar kabi pedagogik qobiliyat ham 
tarbiyalanadi va ularni ongli ravishda bolalarda shakllantirish 
hamda rivojlantirish mumkin.
Maxsus pedagogik qobiliyatlar ichida bolalarni tarbiyalash qo­
biliyati o‘ziga xos sinfni tashkil etadi. Ular ichida asosiylari deb 
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Boshqa odamning ichki kechinmalarini to‘g‘ri baholay 
olish, hamdardlik, hamflkrlik (empatiya) qobiliyati.
2. Bolalar uchun qilayotgan ishlarida namuna va o‘rnak bo‘la 
olish qobiliyati.
3. Bolalarda oliyjanoblik hissini, yaxshi inson bo‘lishga xohish 
va intilishni, yuqori axloqiy maqsadlarga erishishni shakllanti­
rish qobiliyati.
556


4. Tarbiyalanuvchi bolaning o'ziga xos xususiyatlariga tarbiya 
ta’sirlarini moslashtira olish qobiliyati.
5. Odamda ishonch hissini uyg'ota olish, uni tinchlantira 
olish, o‘z-o‘zini rivojlantirishni qo‘llab-quwatlash qobiliyati.
6
. Наг bir bola bilan muomala qilishning kerakli usulini topa 
bilishi, o‘zaro tushunishga erisha olish qobiliyati.
7. Tarbiyalanuvchi tomonidan o‘ziga nisbatan hurmat uyg'ota 
olish, bolalar orasida hurmat qozona olish qobiliyati.
Pedagogning tarbiyachi sifatidagi qobiliyati ham uning o'qituv- 
chilik qobiliyatiga muvofiqdir. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, 
yaxshi o'qituvchi bo‘lishdan ko‘ra yaxshi tarbiyachi bolish bir- 
muncha murakkabroqdir.
Ba’zan yaxshi 
0
‘qituvchi bo'lib, nisbatan kuchsiz tarbi­
yachi bo‘lish mumkin. Ba’zan esa yaxshi tarbiyachi bo‘lib, yax­
shi o‘qituvchi bolish murakkablik qiladi. Bu holat ayrimlarda 
o‘qituvchilik, ayrimlarda esa tarbiyachilik faoliyat doirasining 
asosiy ekanligini anglatadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin