Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Jamiyat rivojlanishining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy j  \yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholash.  J 544



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

f
 
Jamiyat rivojlanishining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy j 
\yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholash. 
J
544


Ota-onalar o‘qituvchining ish staji va yoshi qanday bo‘lishi- 
dan qat’i nazar undan farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish maho- 
ratini kutadilar. O'quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari 
bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o'qituvchi- 
ning odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi 
ko'rish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchan- 
ligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchi- 
dan, o'qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira olishi kabi 
ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samara- 
dorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi 
shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar 
ham o‘sib bormoqda.
0
‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xil- 
da ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tari- 
qa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o'qituv­
chining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
23.2. Pedagogik muloqot
Maxsus pedagoglik qobiliyatlari ichida shundaylari ham bor- 
ki, ularni aniq o‘qituvchilik yoki tarbiyachilik faoliyatiga man- 
sub deb ajratib bo‘lmaydi. Negaki, ular har ikkalasi uchun ham 
bir xilda zarurdir. Ushbu jihat - pedagogik muloqot, muomala- 
dir. Psixolog olim V.A.Kan-Kalik bunday qobiliyatni tadqiq qilib 
shunday fikrlarni bergan edi. Pedagoglik ishi o‘z tuzilishida ikki 
yuzdan ortiq tuzilmani tashkil qiladi. Muloqot uning eng murak- 
kab tomonlaridan biridir, negaki u orqali pedagogik faoliyatning 
eng asosiy maqsadi — o‘qituvchi shaxsining o‘quvchi shaxsiga 
ta’siri amalga oshiriladi. Pedagogning muhim mahoratlaridan ya­
rn biri o‘quvchilar bilan uzoq va samarali ta’sir o‘tkazishni tash­
kil etishidir. Odatda, bu mahoratni pedagogning kommunikativ 
qobiliyati bilan bog‘laydilar. Kasbiy pedagoglik muloqotiga ega 
bo‘lish - shaxslararo muloqotga tegishli bo‘lgan pedagog shax- 
sining muhim tomonidir.
545


Aytib o‘tish joizki, pedagogik muloqot chog‘ida namoyon 
bo‘ladigan kommunikativ qobiliyat — bu bolalar ta’lim va tar- 
biyasi bilan bog‘liq pedagogik ta’sir doirasida o‘ziga xos ravish- 
da namoyon bo‘luvchi muomala qobiliyatidir. Shulardan kelib 
chiqqan holda, shunday xulosa qilish mumkin:
Inson muloqotining ma’lum bir sohasidagi umumiy 
kommunikativ qobiliyatni muhokama qilmay turib, 
pedagogik muloqot qobiliyati haqida alohida fikr 
yuritish mumkin emas.
So‘z pedagogik muloqot haqida borar ekan, bunda 
umumiy kommunikativ qobiliyatlar haqida gapirish 
bilan chegaralanib qolish mumkin emas.
Birinchidan, insonning barcha kommunikativ qobiliyatlari 
ham birdek namoyon bo‘lavermaydi va pedagog uchun birdek 
zarur bo‘lmaydi. Ikkinchidan, pedagog egallashi lozim bo‘lgan 
bir qator kommunikativ malaka va ko‘nikmalar borki, ular boshqa 
kasbdagi kishilar uchun muhim ahamiyatga ega emas. Jumladan, 
insonning boshqa kishilarni tushuna olishi, o‘z-o‘zini anglashi, 
muloqot jarayonini to‘g‘ri baholashi, to‘g‘ri qabul qilishi, boshqa 
odamlar bilan to‘g‘ri munosabatga kirisha olishi, o‘z-o‘ziga nis- 
batan talabchan bo‘lishidir.
Har bir ajratilgan kommunikativ qobiliyatlar guruhini bataf- 
sil ko‘rib chiqib, shu bilan birga pedagogik muloqot davrida bu 
qobiliyatlarning yaxshi rivojlanmaganligi sababli yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rsatib o'tamiz.
Insonni inson tomonidan bilish insonni shaxs sifatida umumiy 
baholashdir. U odatda bir ko‘rishda olingan taassurotlar natijasi- 
da jamlanib, uning shaxsini ayrim tomonlari, motivlari va kelgusi
546


rejalarini baholash; tashqi ko‘rinish va odamning ichki hissiyot- 
lari o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra olish; jestlari, imo-ishoralari, mimi- 
ka va pantomimikalarni o‘qib bilishda namoyon bo‘ladi.
Odamni o‘z-o‘zini anglashi o‘z bilimlari, qobiliyatlari, xarak- 
terini va boshqa shaxsning xususiyatlarini baholashi; sirtdan qa- 
raganda odam qanday qabul qilinadi va u boshqa odamlar ko‘zi- 
da qanday namoyon bolishini bila olishidir.
Muloqot jarayonidagi holatni to‘g‘ri baholash - bu holatni ku- 
zata bilish, undan foydali axborot belgilarini ajratib olish va ular- 
ga e’tiborni qaratish, vujudga kelgan holatning ijtimoiy va psixo- 
logik mazmunini to‘g‘ri aniqlash va qabul qilish qobiliyatidir.
0
‘qituvchilik faoliyatining pedagogik nuqtayi nazardan qiziqarli 
bo‘lgan, lekin kam o‘rganilgan va amaliyotda ko'pdan ko‘p muam- 
molar keltirib chiqaradigan turi pedagogik muloqotning noverbal 
shakli deb nomlanadi. Bu bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyat 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: notanish odamlar bilan muomala- 
ga kirisha bilish, ziddiyatlarni oldini olish, yuzaga kelgan tushun- 
movchilik va ziddiyatlarni o‘z vaqtida yecha olish, boshqa odam 
tomonidan o‘zini to‘g‘ri tushunishni va qabul qilishni ta’minlay- 
digan tarzda o‘zini tutish, boshqa odamga o‘zining qiziqishlari va 
hissiyotlarini bayon etishga imkon berish, muloqotdan o‘zi uchun 
yuqori darajada foyda ola bilish qobiliyati.
Insonning o‘z-o‘ziga nisbatan qilgan harakatlarida namoyon 
bo‘lgan qobiliyati, o‘zining xulq-atvoridagi faoliyatini boshqa- 
rishni bilishi, atrof-muhitdagi odamlar bilan o‘zaro muloqot qil- 
ganda zarur bo'lgan qobiliyatdir. Bu narsa bizni boshqa odamlar 
tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishimiz va to‘g‘ri tushunishimizni 
ta’minlaydi. Bunga yana insonni odatlaridan va kamchiliklari- 
dan qutulishga bo‘lgan layoqati, ya’ni muloqotga to‘siq bo‘ladi- 
gan, muloqot uchun zarur bo‘lgan foydali malaka va ko‘nikma- 
larni shakllantirishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘rsatish mumkin.
Insonning kommunikativ qobiliyati rivojlantirish mumkin 
bo'lgan jarayondir. Ularni shakllantirishda ijtimoiy-psixologik 
trening yaxshi natija beradi.
547


Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqi- 
da shunday deydi: «Shirin so‘z ko'ngillar uchun bamisoli asaldir».
Shuning uchun ham pedagog har on nutq madaniyatiga kuch- 
li e’tibor berishi, o‘zining psixologik, estetik, jismoniy, axlo- 
qiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. Yuksak 
tuyg'u madaniyatiga ega bo‘lgan pedagog talabalarning kayfiyati, 
noxushligini darrov fahmlaydi.
Qo‘pol, odobsiz gaplarga o‘rin qoldirmaslik, talaba shaxsiga te- 
gadigan qo‘pol muomala qilish pedagogning faoliyatiga putur yet- 
kazadi. Talaba ahvolini tushunish, unga hamdard bo‘lish, madad 
berish kerak. Pedagog o‘zining pedagogik faoliyatida awalo to‘g‘ri 
so‘z bo'lishi, ishlarini adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat tar- 
biyachi bilan talaba o'rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat in- 
sonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. Zamonaviy pedagogga 
birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Shuningdek, 
maxsus bilimlar va malakalar asosida talabalami kuzatish, ularning 
o'sishidagi muhim jihatlarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijti­
moiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlanti- 
rish yollari va usullarini aniqlash, turli vositalar bilan tarbiyaviy 
ta’sir ko‘rsatish, tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni il- 
miy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bun- 
da pedagog talabchan, yaxshi, mehribon, sabrli, bosiq va o‘z kasbiga 
nisbatan e’tiqodli bo‘lishi lozim. Talabani butun qalbi bilan sevadi- 
gan pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi. Tala- 
balaiga bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda ularga o‘z xarak- 
terini o'tkaza oladi, ularga odamiylik namunasi bo‘lib ko‘rinadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin