Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Bilish jarayonlarining rivojlanishi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   240
Ривожланиш психологияси

14.3. Bilish jarayonlarining rivojlanishi
Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasav­
vur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal 
kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. 
Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoq- 
lar, rangli kiyimlar, rangli halqalar, qutichalar va shu singari 
o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ular­
ning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shak- 
liga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni 
analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega boladilar. Bolalar su­
ratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni 
tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:
1
) suratning mazmunini (sujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;
2
) suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsa- 
larning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga;
259


3) 
tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri 
idrok qilishga qaratish kerak.
Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. 
Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya 
kattadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz b o la ­
di. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib bori- 
shi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. Olyin paytida bola­
lar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum 
maqsadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning o‘z 
oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida takomillasha boradi. Mak­
tabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘rgazmali, obrazli bolishi 
bilan xarakterlidir. Bolada ko‘proq ixtiyorsiz esda qoldirish va ix­
tiyorsiz esga tushirish ustunlik qiladi. Bola so‘zlarni hech qanday 
ma’nosiz takrorlayveradi. Ammo keyinchalik, kattalarning ta’siri- 
da, ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin rivojlana boradi. Bola 
ravshan va emotsional rang-barang materialni oson esda qoldiradi.
Uch yashar bola taassurotlarini bir necha oy davomida esda 
saqlab tura olishga qodirdir. Xotiraning o‘sishiga o‘yinlar, turli 
mashg‘ulotlar, she’r yodlash, ertak va hikoyalar aytish hamda sayr 
paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi. Ushbu yosh­
dagi bolalar yangi so‘zlarni ham, hatto chet tillardagi so‘zlarni 
ham osongina eslab qoladilar. Lekin, bolalar materialni oson 
esda qoldirsalar ham, ular ko‘pining ma’nosiga yaxshi tushun- 
maydilar va ulardan nutqda foydalanishga qiynaladilar. Katta­
larning vazifasi bolalarning mumkin qadar ko‘proq so‘zlarni va 
tasavvurlarni eslab qolishigagina emas, balki ular uchun tushu- 
narli, foydali bolgan turli bilimlarni egallashiga erishishdan 
iborat. Bolalar bu xildagi bilimlardan o‘z o‘yinlarida, rasmla- 
rida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu 
bilimlar ularning aqliy va axloqiy o‘sishlari uchun xizmat qiladi.
Bog‘cha yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha 
qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bolsa 
ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertak-
260


dan chalg‘iydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyat­
ga ega bolgan, ularda kuchli taassurotlar qoldiradigan va ularni 
qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi 
o'ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshida­
gi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchi- 
dan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan 
ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivoj- 
langan bolishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning 
erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bolishlaridir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘i- 
lishi, ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola 
o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahami- 
yat bermasalar, undagi qiziquvchanlik so‘na boshlaydi. Kunlar- 
ning birida 7 yoshli Samira shunday savol berdi: «Odam uxlagan- 
da ham nafas oladimi?», «Buvijon sizning muchalingiz nima?»
Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjub- 
lanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tugllishi tufay- 
li paydo boladi. Ko‘pgina ota-onalar va ayrim tarbiyachilar agarda 
bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, «ko‘p mahmadona bolma», 
«sen bunday gaplarni qayerdan o‘rganding?», deb koyib beradilar. 
Natijada bola o‘ksinib, o‘z bilganicha tushunishga harakat qiladi. 
Ayrim tortinchoq bolalar esa hech bir savol bermaydilar. Bunday 
bolalarga turli mashg‘ulotlar va sayohatlarda kattalarning o‘zlari 
ham savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, ana­
liz va sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu 
taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb atay- 
miz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va 
rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayohat­
larda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar, analiz ham­
da sintez qilib ko‘rishga intiladilar. Agar 2 yashar bolaning so‘z 
boyligi taxminan 250 tadan 400 tagacha bolsa, 3 yashar bola­
ning so‘z boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, 7 yashar bolaning so‘z
261


zaxirasi 4000 taga yetadi. Demak, bog‘cha yoshi davrida bola­
ning nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan ancha takomillasha- 
di. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi oilaning madaniy 
saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.
Kattalar bolalar nutqi ni o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar, 
bog‘cha yoshidagi bolalarning ba’zi hollarda o‘z nutq sifatlarini 
to la idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tash- 
qari, bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish 
qobiliyati ham hali to la takomillashmagan boladi. Tili chuchuk- 
likni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan to la va 
to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.
Respublikamizda B.R.Qodirov rahbarligida D.B.Hakimo- 
va tomonidan «5—7 yoshli bolalar bilish jarayonlarini rivojlanishi­
ning yosh va jins xususiyatlari» mavzusida tadqiqot olib borilgan1.
D.B.Hakimovaning natijalariga kola, 5 yoshda psixologik belgilar 
kuchli namoyon boladi, bir xil psixik belgilar o‘g‘il bolalar va qizlar- 
da turli yosh davrlarida, turli darajada namoyon bo‘lishi aniqlandi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin