lini ko'rsatgan1. Bola 3—4 yoshga to‘lganida hamkorlik o‘rniga
muloqotning bilish shakli shakllanadi. Vaziyatdan tashqari bilish
muloqoti shakllanadi. Muloqotning bu shaklida yetakchi motiv —
bilishdir. Bunda kattalar bilan hamkorlik qilib tevarak-atrof bi
lan tanishadi, kattalar bilan «nazariy hamkorlik» jarayoni amalga
oshadi. Bola hayvonlar, narsalar, planetalar, nimadan yasalgan-
ligi haqida juda ko‘p «Nima uchun?» degan savollar beradi. Kat
talar bola tomonidan bilim manbayi sifatida idrok qilinadi, sa-
vollariga va o'ziga jiddiy munosabatda bo'lishni, hurmatni talab
qiladi. Bu ehtiyojning muhimligi shundaki, bu yoshdagi bolalarga
xos bo'lgan tez xafa bo'luvchanlikda namoyon bo'ladi.
Bola 6—7 yoshga to'lganda muloqotning oliy shakli — vazi
yatdan tashqari shaxsiy muloqotga o'tiladi. Bunda bola kattalar-
ga oila haqida, qayerda ishlashi, nima ish qilishi haqida savollar
bera boshlaydi. Endi kattalar bola uchun ijtimoiy bilish manbayi
sifatida namoyon bo'ladi. Bolaning kattalar bilan muloqoti ham-
dardlik, o'zaro bir-birini tushunish, qarashlarning umumiyligiga
intilish kabilar bilan chuqurlashadi.
Uch yoshda bolada tengdoshlari bilan muloqotda emotsi-
yalar, ifodali qarashlardan foydalanadi. 3—4 yoshli bola uchun
tengdoshi birgalikdagi amaliy faoliyatning ishtirokchisiga ayla-
nadi, uning individual xarakterologik xislatlarini sherigi payqa-
maydi. 4 yoshda tengdoshi muloqot sherigiga aylanadi. 4—5 yosh
da sherigini o'zi bilan teng mavjudot sifatida ko'rib o'zini u bilan
taqqoslaydi. 5—7 yoshga kelib tengdoshi bolaning ko'z o'ngida in-
dividuallikka aylanadi, u bola uchun muhim suhbatdoshga ayla
nadi, muloqotning ko'pchilik ko'rsatkichlari bo'yicha kattalardan
o'zib ketadi. Bola o'zini va tengdoshini bir butun shaxs sifatida
idrok qiladi, unga shaxsiy munosabat bildiradi.
S.A.Axundjanova tomonidan «Maktabgacha yoshdagi bola
ning turli muloqot vaziyatlarida nutqi funksiyalari va shakllari
xususiyatlari» mavzuidagi tadqiqotida aniqlanishicha, bu yosh
Dostları ilə paylaş: