1. Aniqlovchi eksperiment.
2. Shakllantiruvchi eksperiment.
3. Nazorat eksperimentlari.
(2.1, 2.2-bo‘limlarga qarang).
20.5. Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik
asoslari
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning
rivojlanishi muammosi
yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalari-
dan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazari-
yalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri:
1.
Aqliy xatti-harakatlar, bilim, ko‘nikma va malakalarni bos-
qichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Galperin).
P.Ya.Galperin nazariyasi bo'yicha bilimlarni o‘zlashtirish ja
rayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga:
1. Motivatsiya.
2. Tushuntirish.
3. Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish.
4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.
5. Bajariladigan xatti-harakatlarni
ichki rejada ovoz chiqar-
may bajarish.
6
. Faoliyatni fikran bajarish kiradi.
Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turi ajratiladi:
— birinchi turda — xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bi
lan kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmay-
di, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;
— ikkinchi turda — materialni nisbatan dadil va to la tushuni-
lishi va material bilan bogliq tushunchalarni
ajratilishi bilan xa-
rakterlanadi;
— uchinchi tur — tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni
o‘zlashtirilishini ta’minlab beradi.
Dostları ilə paylaş: