aniqlashga oid testlari asossiz bo‘lib, psixologiya va pedagogika-
ga salbiy ta’sir ko‘rsatdi hamda maktabga katta ziyon yetkazdi.
Shuning uchun 30-yillarning boshlarida pedologiyani keskin tan-
qid qilish boshlandi. 1936-yil 4-iyulda BKP MKining «Xalq mao-
rifi komissarligi sistemasidagi pedologik buzg‘unliklar haqida»gi
qarori chiqdi. Bu qarorda pedologiya fani marksistik nuqtayi na-
zarga zid ekanligi ta’kidlanib, katta tanqid ostiga olindi. Shu tari-
qa pedologiya faniga barham berildi.
20—30-yillarda pedagogik psixologiyada juda ko‘p ilmiy tadqiqot
ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
bir qancha psixologik-pedagogik konsepsiyalar vujudga keldi. Ayniq
sa, A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bolgan il
miy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalarning rivoj
lanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi.
Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya psixologiya fanining
eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. Yosh va pedagogik psixologiya
masalalari bilan bir qator ko‘zga ko‘rinarli psixologlar shug‘ullan-
ganlar va shug‘ullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Ananyev, L.I.Bo-
jovich, P.Ya.Galperin, W.Davidov, A.V.Zaporojets, L.V.Zank-
ov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, N.F.Talizina,
D.B.Elkonin va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bolalar psixologi
yasi muammolari bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlaridan: profes-
sorlar M.G. Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, M.Vohidov; R.I.Sunnatova,
Z.T.Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova, Sh.A.Do‘stmuhamedova,
S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: