Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   240
Ривожланиш психологияси

Mavzu o‘quv maqsadi:
T a’limiy:
Talabalarga ijtimoiy o‘rganish nazariyasi haqida bi­
lim berish.
Tarbiyaviy:
Bo‘lg‘usi psixologlarni ijtimoiy o‘rganish nazari- 
yasini tahlil qilishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, 
amaliyotga yo‘naltirish yoMlari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni 
rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
ijtimoiy o‘rganish, ijtimoiylashuv, ijti­
moiy tasavvurlar, shaxslararo moslik.
8.1. Ijtimoiy o‘rganish ta’limotining markaziy muammosi sifatida
ijtimoiylashuv
Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida ijtimoiy o‘rga- 
nishning kuchli psixologik yo‘nalishi yuzaga kelgan. Individga 
xulq-atvor namunalari rollar, me’yorlar motivlar, kutuvlar, hayo­
tiy qadriyatlar, emotsiyalarni o‘tkazish orqali individning ijtimoiy 
xulq-atvorini hayotiy shakllantirishni ifodalash uchun N. Miller 
va D.Dollard tomonidan ijtimoiy o‘rgatish atamasi kiritilgan edi. 
Ijtimoiylashuv — biologik mavjudot, go‘dakning tamomila oila, 
guruh umuman olganda insoniyat jamiyatini tolaqonli a’zosiga 
asta-sekin aylanish jarayoni sifatida, yangi ijtimoiy xulq-atvorni 
egallash jarayoni sifatida talqin qilinadi. Xulq-atvorning umumiy 
nazariyasi xulq-atvor namunalari qanday tarzda o‘zlashtirilishi-
139


ni va ularning namoyon bolishi o‘zaro aloqada bolgan tashqi va 
ichki ta’sir manbalari tomonidan qanday tarzda doimo boshqa- 
rishini izohlashi kerak. Ushbu ilmiy yo‘nalish vazifalarini uning 
nazariy yetakchisi Bandura shunday shakllantirgan. XX asrning 
ikkinchi yarmida Amerika psixologiyasini rivojlanishi uchun ij­
timoiylashuv muammosini asosiy deb hisoblash mumkin. Ja­
miyat bolalarni umumqabul qilingan me’yoriy muammolar bilan 
muvofiqlikda o'zlarida tutishlariga undashda qollaydigan me- 
xanizmlar ya’ni usullarni yetilishi esa uning bosh maqsadidir. Ij­
timoiy o'qitish nazariyasi psixoanalizda (misol uchun antogonizm 
haqidagi dastlabki tezis, bola va jamiyatning qarama-qarshiligi) 
ba’zi bir holatlarni qabul qilib o‘zlashtirgan va ularni o‘rgatish- 
ning bixevioristik tamoyillari bilan boglangan. Ijtimoiy o‘qitish 
yo‘nalishi nazariyasining butun bir spektridan iborat. 0 ‘qitish- 
ning aniq mexanizmlariga yondashuvlarda nazariya muallifla- 
rining qarashlari farqlanadi, biroq ijtimoiy xulq-atvorga o‘rga- 
tish g‘oyasi ahamiyatini butunlay qollab-quvvatlaydilar. Ijtimoiy 
o‘qitish sohasida anchadan beri tadqiqotchilarning bir necha av- 
lodi ishlab kelishmoqda. Bu avlodlar amerika psixologiyasining 
o£zida ajratib ko'rsatilgan.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin