Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Embrion bosqichi (3 -8 hafta)



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   240
Ривожланиш психологияси

Embrion bosqichi (3 -8 hafta)
Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odat­
da murtak hosil bolgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib
sakkizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomi­
da tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida em- 
brionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashqi qavatda ektoder- 
madon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. 
0
‘rta qavatda mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomir- 
lari tizimi hosil boladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat 
hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion 
bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishi- 
da sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embri­
on uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalar- 
ga bolinishi boshlanib, organizm ko‘proq salamandrani eslatadi. 
0
‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik em- 
brionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘1 va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va 
nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval 
o‘z faoliyatini boshlab yuborgan boladi. Embrionda odamga xos 
organlar u yoki bu shaklda mavjud boladi, lekin uning olcham- 
lari onaga sezilarli darajada bolmaydi.
207


Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joy- 
lashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haro- 
ratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali 
bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo'ldosh bilan bog‘lovchi 
qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimcha­
si orqali onaning qon tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita 
ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoq- 
simon o‘simtalari — qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon 
tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, 
shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya 
mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va 
organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bos- 
qichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari 
va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning 
ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlarning o‘z va­
zifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi.
Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich 
bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. 
Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm 
tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 
113,4 grammdan 226,8 grammgacha yetadi. Oxirgi 5 oyda homi­
laning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari 
kattalashib borishini ko‘rish mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin