(o‘zini tekshirish va boshqalar bilan solishtirish, har xil o‘qituv-
chilarning talablariga, ta’limning yangi sharoitlariga moslashish).
N.K Polivanovaning ta’kidlashicha, o‘smirlikdan oldingi in-
qirozning asosiy psixologik mazmuni refleksiyaning «o‘ziga qa-
ratilishidir»1. 0 ‘quv faoliyatida shakllangan refleksiv munosabat
o‘z-o‘zini anglash sohasiga ko‘chiriladi.
Shunday qilib, rivojlanishning ijtimoiy vaziyatini qayta qu-
rishda turli topshiriqlarni bajarishning asosiy sharti sifatida o‘z
xislatlari va ko‘nikmalariga, «o‘ziga yo‘nalganlik» vujudga kela
di. Bolalar xarakterida kattalikka intilish kuzatiladi. Tengdosh
lari bilan muloqot shaxsiy rivojlanishning ko‘p jihatlarini belgi-
lay boshlaydi.
Maktabning boshlanglch sinfidan o‘rta sinfga o‘tgan bola-
lardagi ijtimoiy psixologik moslashuvning o‘ziga xosliklari
L.B.Bekniyazova tadqiqotlarida ko'zga tashlanadi2. Tadqiqotchi
ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni o‘quvchining psixologik xusu-
siyatlari, bilish jarayonlarining rivojlanganlik darajasi, motivat
sion sohadagi o‘ziga xosliklar, atrofdagilar va o‘ziga bolgan ijti
moiy munosabatlar sistemasi bilan boglaydi.
K.Q.Mamedovning fikricha, psixik rivojlanishi sustlashgan
bolalarning maktabgacha yosh bosqichida, shuningdek, bosh
langlch sinf o‘quvchilarida va o‘smir yoshidagilarda tafakkurning
so‘z-mantiq turi normal tengdoshlariga nisbatan yetarli darajada
shakllanmagan3. Ammo bu xususiyatning ifodalanishi maktab
gacha yoshdan o‘smirlik yoshi tomon kamayib borishi kuzatila
di. Olim ijtimoiylashuv va mustaqil fikrlashga moyillikni ushbu
jarayonning psixologik mexanizmi sifatida e’tirof etadi. K.Q.Ma-
medov psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkuriga xos xu-
Dostları ilə paylaş: