12.2. Inqirozli davr sifatida go‘daklik davri Go'daklik davri bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofi-
dagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal
ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yor
damga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak
yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan
juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosa-
bat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga
o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni
qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlar-
ga e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu
tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va bosh
qa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi, juda qis
qa vaqt ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bola
ga aylanadi.
Ilk yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish da
rajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi.
219
N .D .L evitovning ko‘rsatishicha, yangi harakatlarni egallash anali- zatorlarning rivojlanishi bilan cham barchas bog'langandir, zotan kichkina bola o lam n i sezish yordam i bilan biladigan mavjudot b o‘lganligi sababli, harakatlarning o ‘z vaqtida taraqqiy etishi bola ning um um iy psixik taraqqiyotini ko‘rsatuvchi o m il bo‘lib xizm at qiladi. Ilk yoshdagi bolalarning muskullari juda bo‘sh bo‘ladi. G o ‘daklik yoshida bolalarni harakat ko'nikm alari, ayniqsa qo‘l va oyoqlarning murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez shakllanadi. Bu harakatlar keyinchalik bolalarning bilish va aqliy qobiliyatlari yuzaga kelishida judayam sezilarli rol o'ynaydi. Bola