Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   240
Ривожланиш психологияси

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy
yangi o‘zgarishlar
1 yosh
Nutqni 
tushunish-
ning dastlabki belgi-
lari
Mustaqil 
holda
tik turish va yu-
rish
Nutqni
qo‘llashning dast­
labki belgilari
10 oylik
Sensomotor intellekt-
ning rivojlanishi
Mustaqil 
holda
tik 
turish 
va
yurishga harakat
qilish
Bog'liqlik reaksi-
yasining 
yuzaga
kelishi, 
begona
muhit va begonalar
orasida xavotirlik
8 oylik
Sensomotor intellekt-
ning yuzaga kelishi
Tayanib yurishi
Jest, 
mimika va
pantomimika yor-
damida 
noverbal
muloqoti
7 oylik
Yordam 
bilan
turishi
5 oylik
Sezgilarning rivojla­
nishi
Yordam 
bilan
o‘tirishi
3 oylik
Ko‘rish 
qobiliyati-
ning shakllanishi
Yon 
tomoniga
o‘girilishi
Onaning 
jilma-
yishiga javob qay-
tarishi
2 hafta
Onaning 
tovushini
boshqa tovushlardan
farqlashi
Qo‘l va oyoq ha-
rakatlarida qat’-
iylik
1 hafta
Harakatlarni kuzati-
shi
Qo‘l va oyoq-
larning betartib
harakati
222


12.4. Go‘daklik davrining psixologik yangiligi.
Bir yoshdagi inqiroz
Go‘daklik davridagi bola yura boshlaydi va birinchi so‘zlarni 
aytadi. Birinchi yilning oxirida bola mustaqil harakat qilish- 
ni o‘rganib oladi: emaklash, so‘ngra tik yurishni o‘rganadi. 
Dunyo unga boshqacha ko‘rina boshlaydi. Yurish bolaga katta- 
lardan bo‘linish, harakat subyektiga aylanish imkonini beradi. 
Birinchi yilning oxiriga kelib yaqin kattalar bilan emotsional 
umumiylikning bo‘linishi va rivojlanish ijtimoiy vaziyatining 
qayta qurilishi ro‘y beradi. Faqat yaqinlarga tushunarli bo‘lgan 
va ko‘rsatuvchi jestlar xarakteriga ega bo‘lgan birinchi so‘zlar- 
ning paydo bolishi kattalar bilan yangi progressiv muloqot 
usuliga aylanadi.
L.I.Bojovichning ta’kidlashicha, go‘daklik davridagi yan­
gi tuzilmalardan biri motivatsiyalashgan tasavvurlarning paydo 
bolishidir. Bolaning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bolgan 
predmetlar obrazlarining xotirada saqlanib qolishidir. Motivatsi­
yalashgan ehtiyojlarning paydo bolishi bolani harakat subyekti­
ga aylantiradi.
Harakat imkoniyatlarining ortishi (dastlab emaklash, keyin 
yurish) bola uchun xavfsiz bolgan ko‘p narsalarni ushlab kolish 
imkoniyatiga ega boladi. Ota-onalar cheklovlar qo‘yishga majbur 
boladi. Bola ayrim harakatlarini amalga oshirishda doimiy kat­
talarning qarshiligiga duch kelishi tufayli uning istaklari va kat­
talarning xohish va hislariga mos kelmasligini tushuna boshlay­
di. Xotirjam bola endi o‘z istaklarini bajarishga harakat qiladigan 
faol bolaga aylanadi.
L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, emotsional bo‘ron tipi bo‘yi- 
cha kechadigan affektiv reaksiyalarning paydo bolishi bir yosh­
dagi inqiroz namoyon bolishining xulq-atvor belgilaridir. Bola 
o‘zi xohlayotganini talab qilib, kattalarga qarshi chiqib, yiglay- 
di, polga yotib oladi. Bolaning shaxsiy istagi paydo boladi, uning 
subyektiga aylanadi; xohlovchi Men paydo boladi.
223


Umuman inqiroz bola taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsa- 
tadi. Bunda turli buzilishlar kuzatiladi: bioritmning buzilishi 
(masalan, tetiklik va uyqu); hayotiy ehtiyojlarni qondirishning 
buzilishi (ochlik hissi); emotsional anomaliyalar (yig‘loqilik, tez 
xafa bo‘lish).
Tushunadigan ota-onalar mustaqillikka intilayotgan bolaning 
faolligini kerakli tomonga yo‘naltira olishadi. Bolaning maksi- 
mal xavfsizligiga g‘amxo‘rlik qilish doimiy cheklovlar va «mum­
kin emas» so‘zini kamroq ishlatishga harakat qilish zarur. Uydagi 
fazo mumkin va mumkin emasga aniq ajratilishi lozim. Bu mum­
kin bolganda cheklovlarni boshqa alternativ xulq-atvor bilan al- 
mashtirish lozim: uydagi predmetlarni yaxshilab qarab chiqib, 
bola istayotgan predmetni xavfsizrog‘i bilan almashtirish zarur.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin