PT o „ 0 ‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijo d LV 'tjyi toshkent — 2012



Yüklə 58,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/44
tarix22.12.2023
ölçüsü58,24 Kb.
#190463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Abdurahmon Akbar. G\'aroyib avtobus


Partadoshiga Vahob 
Shulami so'zlar shoshib.
Gapning uchin eshitib, 
0 ‘qituvchi ko‘p hayron: 
— Senga ishq-muhabbatni 
Kim qo'yibdi,
Vahobjon?
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lola, Rayhon deguncha 
Darslaringni tayyorla.
Tavba, birmas, to ‘rt qizni 
Sevsa-ya bitta bola?
Muallimaga kulib 
Vahobjon der shu fursat:
— Yaxshi ko'rsam... gullarni 
Buning nimasi uyat?
Gul-ku axir bog‘ ko‘rki,
Gulni sevmagan go‘ldir.
Lolasiz tog‘, tog‘ emas,
Rayhonsiz hovli — cho‘ldir...
CHALA IS H
HAQIDA S H E ’R
— Yuvgan kiringdan tortib 
Piyolanggacha chala.
Epli-sepli bo'lishi 
Kerak axir qiz bola.
Bundan keyin har ishni 
Bajar to ‘liq, batartib.
Sen yuvgan pol, oynani 
Yurmayin qayta artib.
Oyijoni Bamoga
Bersa shunday saboq, dars,
0 ‘n bir yashar qizaloq 
Xayolga tolar bir pas.
So‘ng nenidir chamalab,
So‘rab yana yo‘l-yo‘riq,
Barno der: — Bir yumushni 
Bajarolmayman to ‘liq.
Chala qovursam tuxum 
Koyimaysiz sira ham.
Chunki shunday tuxumni 
Yeyishni suyar dadam!
2— G'aroyib avtobus
17
www.ziyouz.com kutubxonasi


HAVASKOR SURATCHI
Dadam olib berdilar 
Bizga fotoapparat.
Bundan rosa quvondi 
Men kabi ukam Marat.
0 ‘ttiz marta ukamni 
Olibman deng rasmini. 
Suratimni olibdi 
TJkam ham shuncha meni.
Xursand boMib ishimdan 
Peshayvonda o‘tirsam,
Novdalarin chayqatib 
Qo‘ydi navnihol olcham.
Bir narsadan xafaday 
Tovug‘im jimib qoldi. 
Jo‘jalarim hurpayib,
Yuzlarin burib oldi.
— Buncha yaxshi ko‘rmasa,
Bu bolalar o ‘zini, —
Dedi bir Olaqanot 
Lo‘q qilgancha ko'zini.
Shu payt payqab qoldim men 
Yuz berganin qanday hol. 
Yangragandek tuyuldi 
Savol ustiga savol.
— Nega meni suratga 
Olmading? — dedi toychoq,
— Nega meni suratga 
Olmading? — dedi kuchuk.
— Nega bizni suratga 
Olmading? — dedi gullar,
— Nega meni suratga 
Olmading? — dedi mushuk.
18
www.ziyouz.com kutubxonasi


Eshitmagan bo‘lsam-da 
Hech kimdan ta'na, dashnom, 
Qilgan ishimdan rosa 
Uyaldim, xullas kalom.
SHAHOB
Uncha-m uncha gap, piching 
Kor qilmasdi Shahobga. 
Bezor edi do‘stlari 
Tergab, chorlab odobga.
Burunni yengga artish 
Unga edi oddiy hol.
Chunki Shahob yolchitib 
Tutmas 
edi dastro‘mol.
Bilmasdi iymanish ne, 
Manziratni bilmasdi.
Ko‘ylagi kir bo‘lsa ham 
Uyalmasdi u asti.
Qay bir kun butun sinf: 
Men, Gulnor, Lola, T o‘lab 
Betob ustozimizning 
Uyiga bordik yo'qlab.
Ishonsangiz, o‘sha kun 
Barchamiz etib hayron
Muloyimdan muloyim 
Bo‘lib qoldi Shahobjon.
Uy to'riga chorlasa 
Maqsuda Akramovna, 
Engil-boshini yechdi 
Shahobdan boshqa hamma.
U bo‘lsa: — Shu yer qulay, 
Ovora boMmang hech ham
Deya uy poygagidan 
Jilmadi biror qadam.
— Tuflingni yech, beri kel, 
Desak ham unamadi. 
Peshanasi duv terlab, 
Gapimizga ko'nmadi.
0 ‘zini tutdi go‘yo 
Bosib olgandek tikan. 
Bilsak, sinfdoshimizning 
Paypog'i... teshik ekan!
TOSHOYNA
Toshoynaning bir siri bor, 
Ko‘plar buni bilmaydi.
Bilganlar, xo‘sh, ne bo'pti, deb 
Nazariga ilmaydi.
19
www.ziyouz.com kutubxonasi


Toshoynaning bir siri bor —
Qarshisida tursang san,
0 ‘ng qulog‘ing o‘ng quloqmas,
Chapligini ko'rasan.
Chap ko‘zingni qissang, o'ngi 
Qisiladi ko‘zguda.
Ishonmasang,
bir sinab ko‘r 
Shu bugunning o‘zida.
XO‘JAK O ‘RSIN

Yüklə 58,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin