PT o „ 0 ‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijo d LV 'tjyi toshkent — 2012



Yüklə 58,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/44
tarix22.12.2023
ölçüsü58,24 Kb.
#190463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Abdurahmon Akbar. G\'aroyib avtobus

(S. Inoyatovning „Oyim ishdan
kelgan p a y i“ she'rini o ‘qib)
Oyisi ishdan kelsa,
Chopib qolar Sodiqjon.
0 ‘ziga biror yumush 
Topib olar Sodiqjon.
Artgan bo‘lar changlami, 
Quygan bo‘lar gulga suv.
Sal po‘kroq-da,
yuz-ko‘zin
Zumda bosar ter — duv-duv.
Oyijoni bu safar 
Xursand bo'lmas negadir.
Sodiqvoyni maqtamas,
Tin olar og‘ir-og‘ir.
Aytgan gapi shu bo'lar 
Boshini chayqab xomush:
— Shu paytgacha ne qilding, 
Bor ekan shuncha yumush?..
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


YULDUZOYNING KULCHASI
Yulduz loykulcha yopti,
Yopib ko‘chaga chopti.
Chaqirdi Salimani,
Chaqirdi Halimani.
Yetib kelguncha qizlar 
0 ‘ynab bo‘lishib to ‘ptosh, 
Loykulchani nuri-la 
Quritay dedi quyosh.
— Voy, buncha yaxshi, — dedi 
Uni ko‘rib Salima.
— Chiroyli naqshi, — dedi 
Uni ko'rib Halima.
Bosh-dumin qimirlatib 
Mana shu tobda qarang, 
Ma'qulladi qizlarning 
Gaplarin bir chuvalchang:
Kulcha juda chiroyli,
So‘zlarimga ishon, hoy,
Sal-pal qotgan bo‘lsa ham 
Shirin ekan, Yulduzoy!
J O ‘N SAVOLGA J O ‘N JAVOB
(Hazil)

Mazah qilmasang, do‘stim, 
Bermoqchiman bir savol:
Nega soqol qo‘yadi
Otalar bo ‘lishgach chol?
— Keksalaming sovuqqa 
Yo‘qligini bilasan.
Bila turib bu holni 
So'rab nima qilasan?
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xo‘p ziyrag-u xo‘p dono, 
Otaxonlarning bari.
Soqol qo'ymasa... qishda 
Sovuq qotar yuzlari!
KIM Z O ‘R?
Sinfdoshlar Mirazimni 
Botir, polvon, zo‘r, deydi. 
Ishonmasang oldiga bor —
Bilagini ko‘r, deydi.
Begonamish unga qo'rquv, 
Vahm cho'kar emish tiz — 
Yarim tunda mozorda ham 
Yura olarmish yolg‘iz.
Bo‘lsa bordir, shu qo‘rqmasni 
Kecha sinab atayin,
Bir so‘z bilan zir titratib,
Uchirdim kapalagin.
Sinfda yolg'iz qolishini 
Sabr-u bardosh-la kutib, 
Yaqiniga bordim asta 
Nafasim ichga yutib.
Xayol surib o ‘tirardi 
U doskaga boqib jim.
Men payt poylab turib, birdan 
Qulog‘iga „Voh!“ dedim.
TOJIBOYEV
0 ‘ng tomondan ikkinchi parta 
Qiyo boqib yana qarayman. 
0 ‘girilsa Ra’noxon, shartta 
Ko‘rmaganday sochim tarayman. 
0 ‘qituvchi degani degan:
— Tojiboyev,
doska bu yoqda!
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunday o ‘tar birinchi soat,
Shunday o 'tar ikkinchi soat.
Sinfdoshimning achchiq gapi ko‘p,
Menda esa juda m o‘l toqat.
Muallimlar takrorlar tinmay:
— Tojiboyev, doska bu yoqda!
Sinfdoshim, sinfdoshim-a 
Ko‘nglim senda,
nahot bilmaysan?
Qulog'imga kirmas darslar,
Nazaringga nega ilmaysan?
Tanbeh berar muallim yana:
— Tojiboyev, doska bu yoqda!
Nima qilay, sakkizinchi „B“,
Yo olaymi qolim ga qalam?
Ich-etim ni bosadi titroq 
Uch oy ta'til — yozni o ‘ylasam.
Sinf rahbarim uqtirar takror:
— Tojiboyev, doska bu yoqda!
XAYOLPARAST
Qarshimda qordek oppoq
to ‘rtburchak tog‘ turardi, 
Undan oshib o'tm oqning yo'q edi hech iloji. 
C ho‘kich bilan ostini asta o'ya boshladim, 
Ko‘rinmadi ishimning sal bo‘lsa-da rivoji.
Endi nima qildim, deb, o‘y!arga tolib tursam, 
Osmondan sharros-sharros
quya boshladi yomg'ir.
0 ‘zimni bir chekkaga zo‘r-bazo‘r olib qochdim
Rosayam qaynoq ekan bu yomg‘iri tushmagur.
Bir payt tog‘ning tepasi yerga sassiz quladi, 
Atrofni chang-to‘zonmas,
qopladi oppoq ko‘pik.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yomg'ir ko‘l hosil qildi,
ko‘l aylandi dengizga, 
Barisini kuzatdim bir chekkada turib tik.
Hovuchlab ichib ko'rsam o'sha dengiz suvidan 
Shirin edi bag‘oyat, bir ajib is anqirdi...
— Ko‘p xayol suraverma,
qo‘ling kuyib qoladi! —
Piyolamga choy quyib,
oyimlar shunday derdi...
QIYIN H ISO B
Yeldek uchib o'tayotgan 
Vagonlardan uzolmay ko‘z,
Odam to‘la shohbekatda 
Turib qoldi ukam beso‘z.
Razm solsam, sanayapti 
Erinmasdan bitta-bitta.
Asta turtib so‘radim so‘ng:
- Xo‘sh,
vagonlar ekan nechta?
Terga botgan peshanasin 
Qashlay-qashlay, dedi Hasan:
— Qanchaligin bilmadim-u 
Ko‘chamizdan uzun ekan!
NODONLIK
Hech bir ariq teng kelmas,
Kichkina Tezariqqa.
— Nima, suvi tozami,
Yo to'lami baliqqa?
— Yo‘q, yo‘q, suvi tozamas,
BaligM ham yo‘q uning.
Kecha-yu kunduz bir xil —
Oqishi shitob suvning.
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu ariq bir yumushim 
Hal etar shom tushgan kez — 
Supurindi tashlasam,
Oqizib ketadi tez.
EHTIYOT 
BO‘L

Yüklə 58,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin