bilan bezangan loyshuvoq tom ustiga chiqib ketdim. Kechgacha
ko'zim ga nim a k o 'rin sa, o ‘shani m aqtab, ta'riflab yozaverdim ,
yozaverdim. C hipor tovug'im ga 164 qator „she’r“ bag'ishladim .
Araqxo‘rlik haqida „Voy belim, voy, voy belim“ radifli (radifning
nimaligini keyin bilganman) „asar“ yozdim. Keyin ularni onam,
opam, ammam, dadamga o‘qib
berdim. Ular: „Yoz, bolam, yoza-
ver!“ — deyishdi.
Yoza-yoza she'rda „qofiya“ degan narsa bo'lishi kerakligini ni-
hoyat fahmlab qoldim. Qofiya nimaligini bilasiz-a?
Bu bir-biriga
ohangdosh so‘zlar
degani-da!
Masalan, „so‘z“ so'ziga „ko‘z“ yoki „bola“ so‘ziga „lola“ so‘zi
qofiyadosh bo'ladi. Bu yodingizdan ko‘tarilm asin, chunki menga
o'xshab birdan she’r
yozgingiz kelib qolsa, buni bilishingiz sizga
juda asqotadi.
Qofiya she'rda katta o ‘rin tutishini bilib olgach, tovuq va araq-
xo'rlik mavzularini bir chetga yig'ishtirib qo'yib, qofiya yig'ishga
kirishib ketdim. Xayolimga kelgan so'zga qofiya topa boshladim.
M asalan, daftarga „to sh “ so‘zini yozam an-da,
yoniga chiziqcha
tortib, „bosh“ , „osh“ , „yosh“ so‘zlarini yozib ketaveraman.
Bu mashg‘ulot o'zimga rosa yoqib qoldi. Darvoqe, bo‘sh vaq-
tingizda siz ham shunday yumush bilan bir shug'ullanib ko‘ring.
Hech bo'lm aganda, so'zlarni to ‘g‘ri yozishni o ‘rganib, diktantdan
„a’lo“ baho olasiz.
olalikdagi qiziqishlarimning she'riyatga qiziqishimga qanchalar
daxli bo ‘lgan, ochig‘i, hozirgacha bilm ayman. Biroq, ular
haqida hikoya qilib berishdan o'zim ni sira tiya olmayapman. Baho-
nada bolaligimni xotirlab olaman-da.
Aytib o ‘tganimdek, 8 -1 2 yoshlik chog'larim 1970— 1974-yillarda
kechgan.
Oilada to'ng'ich farzandman. Dadam Turg‘un Akbarov qishloq
dalasida hisobchi bo'lib ishlar, opam, ya'ni onam Rahima Akbarova
maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim berardi. Shuurimga
hisobchi va o ‘qituvchining o ‘g‘li
ham m a narsani bilishi, hamm a
narsada ilg‘or bo'lishi va o ‘z tengdoshlariga namuna ko'rsatishi kerak,
degan tushuncha o'm ashib qolgan. Shu bois, har narsaga qiziquv-
chanligim
kundan kunga ortib borardi.
B O L A L I K D A G I Q I Z I Q I S H L A R I M
59
www.ziyouz.com kutubxonasi
K o‘p buyum larni, m asalan,
koptokdan tortib hushtakkacha,
rubobdan tortib kamongacha — barini o ‘zim yasashga qiziqar edim.
(Holbuki, o'sha paytlarda prima rubobim ham, velosipedim ham,
to ‘pim ham bor edi). Endi bilsam, bunday buyumlarni mustaqil
yasab, zavqlangan ekanman. Aytgandek, qo‘shni o‘rtoqlarim ham har
narsaga qiziquvchan bolalar edilar. Biz rubobni yog‘ochga sim
bogMab, koptokni
qog‘oz yoki eski lattalam i o ‘rab -ch irm ab ,
„telefon“ni
gugurt qutilarini bir-biriga
ip bilan tutashtirib yasab
olardik.
Endi o ‘ylab ko'rsam , ana shu topqirliklarim iz, yangiliklarga
o'chligim iz m ening badiiy adabiyotga qiziqib qolishim ga turtki
bo'lgan ekan.
She'rning bir uchi topqirlikka borib taqalishini yodingizdan
chiqarmang! Qofiya, bo'gMn, turoq kabi oMchov, elementlar she’rning
tashqi ko'rinishi, ustki „libosi“ hisoblanadi.
Keyinchalik sh e'r o ‘z -o ‘zidan emas, balki nimadir,
qandaydir
voqea-hodisa sabab bo‘lib, maMum bir holatda, ya’ni ilhom kelganda
yozilishini payqab qoldim. Bilsam, yozilajak satrlar dastlab
Dostları ilə paylaş: