Men bilaman ulaming
Yana bitta „sir“ini —
Bu ikki aka-uka
Ko'rishmas
bir-birini...
B O ‘T A L O Q
Qadrdonim bo‘taloq,
Chin o ‘rtog‘im yer yantoq.
Bo‘taIoqni
uyimga
Olib kelmayman biroq.
U kichkina bo‘lsa ham,
Eshikdan sig'mas hecham!
T O Y C H O G ‘I M
Toychog'imga to‘ymayman,
Yolin silab o ‘ynayman.
Obco'ri tutsam unga,
Rosa quvonib shunga,
— Ketma, — dedi bosh chayqab,
— Suli yeymiz yonboshlab!
SANOQ
Poda
qaytar qishloqqa oqshom,
Sigirlaming qorinlari mesh.
Barmoq bukib sanay boshlayman,
Bir, ikki, uch, uch, to‘rt, to‘rt, besh...
Olti, yetti, sakkiz deyman-u
Adashaman sanoq, hisobdan.
Sakkizdan so‘ng necha keladi?
Eslay olmay xunob boMaman.
Hoy, sigirlar, shoshmay turinglar,
Shamoldayin uyga yelaman.
Qolganingiz
qanday sanashni
Oyimlardan so‘rab kelaman.
52
www.ziyouz.com kutubxonasi
Q A R G ‘A N IN G
0 ‘T I N C H I
Boshqa jonzot-qushlardan
Bilmayman, qayerim kam?
LJlardek oq tuxumni
Yorib chiqqanman men ham.
Ba'zida turli-tuman
Xayolla^ga boraman —
Kim aytadi,
nega men
Ko‘mir kabi qoraman?
U K A M T U S H
K O ‘R G A N
E M I S H
Ukam tushini so'zlab
Lol qoldirdi hammani.
So'zladi qanday qilib
Yengganin akulani.
— Ishonmayman! — dedim-da,
Chiqib ketdim ko'chaga.
Oldi-qochdi
gaplarga
Ishonay axir nega?
Oyimning ko‘zlarini
Shu payt qopladi qo‘rquv.
„Oh!“ deb yubordi singlim
Yuragi etgancha „shuv“ .
Shundoqqina yonimda
Uxlagan edi ukam.
Rost bo'lganda, bu tushni
Ko‘igan bo'lardim men ham.
53
www.ziyouz.com kutubxonasi
M USHUK NEGA
YIG‘LAYAPTI
Yig'layotgan mushukka
Kelishib rahmlari,
Tom
boshidan jim boqar
Zog'cha, savaning ban.
Majnuntol novdasi-la
Uni silab-siypalab,
— Namuncha yig'lamasang? -
Deya sekin tashlar gap.
Mushuk der: — Bu peshanam
Bo'lmasa bunchalar sho‘r —
Tug‘gan
uch mushukchamning
Ko'zlari, oh, yumuq, ko‘r...
Roman Sef
rus sh o iri
9
9 raqam chiqdi bog‘ga
Bog'dan oshib chiqdi tog‘ga.
Tog'da toyib dumalab
Pastlikka yo‘l oldi u...
Oyog‘ida turolmay,
54
www.ziyouz.com kutubxonasi