Shu ustoz shoirimiz bir kitobida shunday voqeani qayd etadilar.
„Alqissa, uchta ayol qishloq yo‘lida gaplashib ketishayotgan ekan.
Ularning birinchisi: — Mening o ‘g‘lim shifokor bo‘lsa kerak, nega
desangiz, hozirdan qaysi kasalga qanday dori
kerakligini aytib bera-
di, debdi. Ikkinchi ayol: — Mening o ‘g‘lim hisobchi bo‘lsa kerak,
chunki hozirdan hisob-kitobni yaxshi ko'radi, debdi. Uchinchi ayol
o ‘z o ‘g‘lini shoir bo ‘lishini taxminlabdi, chunki u hozirdan yolg'on
gapirar ekan...“
Fahmlagan bo'lsangiz, biz shu misol orqali she'rning
asosiy ustu-
ni, ya'ni poydevori nima ekanini topib oldik hisob. Ha, bu o ‘sha —
qayta-qayta takrorlab kelayotganimiz — badiiy timsollarga asoslangan
„yolg‘on “ning o'zidir. Bu yolg‘onda, shoirimiz yozganlaridek,
buyuk
ishontirish kuchi mujassam.
S h e’rda, tuzajak satrlarim izda inson ko‘nglini yuksakliklarga
ko'taruvchi, ruhini poklovchi, hayotga,
Vatanga muhabbatini oshi-
ruvchi timsollarni, tasvirlarni, ya’ni badiiy
to qimalarni ishontira
oladigan darajada samimiyat bilan yoza olsak, yoza bilsak, she'r
shuncha
yuksaklikka parvoz qiladi, qadr topadi.
Dostları ilə paylaş: